Iqtisodiy bilim asoslari


-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə223/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari.
Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-birining o‘rnini bosishi.
Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning iqtisodiy asoslari. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi.Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni.Qisqa va uzoq davrdagi ishlab chiqarish. Ishlab chiqarishning jamiyat hayotidagi ahamiyati. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning o‘zaro bog‘liqligi. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli.
Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Yalpi ijtimoiy mahsulot.Takroriy hisob. Oraliq mahsulot, pirovard mahsulot, ko‘shilgan mahsulot, sof mahsulot. Zaruriy va qo‘shimcha mahsulot. Qo‘shimcha mahsulot normasi va massasi. Qo‘shimcha mahsulotning zarurligi va ahamiyati. Ishlab chiqarish funksiyasi. Umumiy, o‘rtacha va so‘nggi qo‘shilgan mahsulot, ularni hisoblash tartibi. So‘nggi qo‘shilgan omil unumdorligi.Unumdorlikning pasayib borishi qonuni.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari tushunchasi.To‘la bandlik.Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi.Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigi.Muqobil harajatlar. FTT va ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasining kengayishi. O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish.
Ishlab chiqarish samaradorligi.Iqtisodiy resurslarni tejash qonuni. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Samaradorlikni belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari: FTTning evolyusion va revolyusion shakllari, mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish jarayonlarining davom ettirilishi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev ma’ruzalarida va O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor berilishi va uning sabablari. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosati.
Ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot bosqichlarini bilishga turli xil yondashuvlar: tarixiy-formatsion, madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik darajasi, iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari. Ishlab chiqarish munosabatlari. Ishlab chiqarish usuli. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya. Sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari. Sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi. Ishlab chiqarishning texnologik usuli. Oddiy kooperatsiya, manufaktura va yirik mashinalashgan ishlab chiqarish. Industrlashishgacha bo‘lgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan (axborotlashgan) jamiyat.
Iqtisodiy tizim tushunchasi. Iqtisodiy tizim modellari: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyrukbozlik iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti, aralash iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyotining bosqichlari: erkin raqobatga asoslangan va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ekti va sub’ekti. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy jihatlari. Mulk shakllarining tasniflanishi. Davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk va aralash mulk.
Iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning o‘rni. Mulkchilik shakllarini o‘zgartirish usullari: milliylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari.
Qo'llaniladigan ta'lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta'lim. Blits, munozara, o'z-o'zini nazorat, zig-zag usuli, munozara, BBB, Insert.
Adabiyotlar: A4;A5;Q6;Q7;Q8;Q9;Q10;Q11

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin