Iqtisodiy bilim asoslari


Тadbirkorlik faoliyatining shakllari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə71/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

2. Тadbirkorlik faoliyatining shakllari
Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o‘ziga xos tomonlarining beqiyos darajada bir-biriga qo‘shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.
Hozir jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligi mavjud bo‘lib, ularda milliy daromadning 20 foizidan 50 foizigacha davlatlar ulushiga to‘g’ri keladi.
Davlat korxonalarini uchta guruhga bo‘lish mumkin:

  • byudjet korxonalari;

  • davlat ishlab chiqarish korxonalari;

  • aralash kompaniyalar.

Huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. O‘zlarining holati bo‘yicha ular davlatning ma’muriy –boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydasidan soliq to‘lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o‘tadi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo‘lib, xo‘jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya’ni davlat korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtiradi.
Aralash kompaniyalar - hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aksiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taalluqli bo‘ladi. Aralash kompaniyalar hissadorlik jamiyatlari to‘g’risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo‘jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin