Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 131,5 Kb.
səhifə13/16
tarix02.01.2022
ölçüsü131,5 Kb.
#46899
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
8-9-ß¿¡õ

Iqtisodiy bilim asoslari

8-sinf I chorak 1-variant
1.Muqobil qiymat…

A)tanlangan imkoniyat B)tanlov natijasida vos kechilgan imkoniyatlar ichidan eng naflisi D)imkoniyatlar ichidan eng naflisi E)imkoniyatlar ichidan eng nafsizi.

2.Faqat moddiy ehtiyojlar keltirilgan qatorni toping.

A)daftar, non, kitob, telivizor va xat yozish B)muzqaymoq, kompyuter, ta`lim olish, sport. D)non,

muzqaymoq, uy, kiyim E)ta`lim olish, musiqa eshitish, kasb-hunar o`rganish

3.Qaysi holatda mehnat unumdorligi yuqori?

A. 14 ishchi 140 ta detal tayyorladi B. 8 ishchi 96 ta detal tayyorladi D. 10 ishchi 105 ta detal tayyorladi E. 21 ta ishchi 1000 ta detal tayyorladi

4. Quydagi guruhlarning qaysi birida ishlab chiqarish resurslarining har uchchalasidan misollar keltirilgan? A. dala, traktor, paxta B. offis, menedjer, boshliq D. Neft,zavod, ishchi E. kompyuter, dasturchi, printer

5. Tanlov bu …

A. ehtiyojlar B. ehtiyojlar cheksizligi D. cheklangan resurslardan foydalanish imkoniyatlari orasidan birini tanlash E. muqobil qiymat

6. Cheklanganlik muammosi bilan ko`proq qaysi davlat to`qnash keladi ?

A. kambag`al davlatlar B. Rivojlanayotgan davlatlar D. rivojlangan davlatlar E. to`g`ri javob yo`q

7. Nima uchun iqtisodiyotni o`rganamiz ?

A. iqtisodiy hayotni tushunish uchun B. tejamli bo`lish uchun D. oqilona iqtisodiy qaror qabul qilishni o`rganish uchun E. yuqoridagi barcha javoblar to`g`ri

8. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlari:

A. makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot B. tabiat, odamlar va odamlar tomonidan yaratilgan barcha narsalar D. ishlab chiqarish va ayirboshlash E. cheklanganlik muammosi

9. Cheklanganlik muammosi bilan ko`proq qaysi davlatlar to`qnash keladi ?

A. kambag`al davlatlar B. rivojlanayotgan davlatlar D. Rivojlangan davlatlar E. to`g`ri javob yo`q

10. Ishlab chiqarish bu …

A. Tovar ayirboshlash jarayoni B. Xizmat ko`rsatish jarayoni D. Ne`matlar yaratish jarayoni E. loyihani moliyalashtirish

11. Iqtisodiy resurslar bu…

A. maxsulot va xizmatlar yaratish uchun asqotadigan barcha narsalar B. Insonga tabiat in`om etgan tekin ne`matlar D. inson iqtisodiy faoliyati orqali yaratiladigan ne`matlar E. cheksiz ehtiyojlar

12. Iqtisodiy ne`matlarni iste`mol qiluvchilar…

A. tadbirkorlar B. ishlab chiqaruvchilar D. iste`molchilar E. barchasi to`g`ri

13. Nima ? Qanday ? Kim uchun ? savollari qaysi iqtisodiy tizimga tegishli ?

A. aralash tizim B. bozor iqtisodiyoti va ananaviy tizim D. markazlashgan rejali tizim E. yuqoridagilarning hammasi to`g`ri

14. Qaysi guruhda keltirilgan misollar ijtimoiy ehtiyojlarga tegishli?

A. yo`l, jamoa transporti, maktab, kiyik-kechak , qo`l soati

B. mudofa, sog`liqni saqlash tizimi, telefon tarmog`i, kutubxona , muzey

D. tarixiy yodgorliklar, korxona, xususiy do`kon, velosiped

E. qo`riqxona, daryo, soliq xizmati, shaxsiy avtomobil

15. Chelanganlik muammosini qanday to`la hal qilish mumkin ?

A. boyli qayta taqsimlab B. tanlab D. ko`proq resursni jalb etib E. muammoning yechimi yo`q

16. Ehtiyohjlar bu …

A. kundalik ehtiyoj mollari do`konda sotiladigan barcha tovarlar B. kishilarning tovar va xizmatlarga ega bo`lish xohishi D. insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi uchun zarur bo`lgan narsalarga muhtojligi E. qondirishning imkoni bo`lmagan inson orzu istakalari

17.Mikroiqtisodiyot bu…

A. mamlakat miqiyosidagi iqtisodiyot B. alohida olingan oila, korxona va tarmoq iqtisodiyoti D. iqtisodiy ne`matlarni yaratish jarayoni E. uy xo`jaligining yuritish san`ati.

18. Agar ishlab chiqaruvchi barcha resurslarni ishga solsa ko`pi bilan 100 dona A. tovardan va 200 dona B. tovardan ishlab chiqaradi A. tovardan 120 dona ishlab chiqarishga qanday erishish mumkin?

19. Har qanday mamlakat uchun asosiy iqtisodiy muammo nima ?

20. Iqtisodiy tizim nima ?

21. Hududiy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan davlardan misollar keltiring.

22. Tadbirkorlik nima?

23. Iste`molchi kim ?

24. Nega inson ehtiyojlarining poyoni yo`q?

25. Fermer dalasiga bug`doy eksa 40 tonna, sholi eksa 80 tonna hosil olishi mumkin. 1 tonna bug`doyning muqobil qiymati nimaga teng?


Yüklə 131,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin