IQTISODIYFAOLIYAT - inson tirikchiligini ta’minlash usullari va vositalari majmuyidir.
Iqtisodiyot — bu ishlab chiqarish, taqsimlash va savdo, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilish sohasini oʻrganish sohasi. ... Temir pardaning qulashi va Sharqiy blok davlatlarining demokratik hukumat va bozor iqtisodiyotiga oʻtishi bilan postindustrial jamiyat gʻoyasi ahamiyat kasb etdi, chunki uning roli xizmat koʻrsatish sohasi oladigan ahamiyatni birgalikda belgilashdan iborat. sanoatlashtirish oʻrniga.
Ishlabchiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlabchiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlabchiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlabchiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi.
MODDIYEHTIYOJ — moddiy ne’matlar, buyumlarga bo’lgan va ular yordamida qondiriladigan ehtiyoj.
MA’NAVIYEHTIYOJ - ma’naviy boyliklar; o'qish, bilim olish, san’at, madaniy dam olish va hokazolarga bo'lgan ehtiyoj.
Taqsimot — ijtimoiy takror ishlab chiqarish.ning muhim boʻgʻini, ishlab chiqarish.ni ayirboshlash va isteʼmol bilan bogʻlovchi munosabatlar tizimi; iqtisodiy resurelar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, ularning qiymat shakli hisoblangan daromadlarni iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida taqsimlanishiga xos boʻlgan iqtisodiy munosabatlar. Har bir mamlakat va jamiyatda iqtisodiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻziga xos T. tizimi boʻlib, unga taqsimlash obʼyekti.
Ayirboshlash (iqtisodiyotda) – kishilarning mehnat faoliyati yoki mahsulotlarini oʻzaro almashtirishlari. A. iqtisodiy faoliyatning bir turi, ish-lab chiqarish bilan isteʼmolni bir-biriga bogʻlab turuvchi vosita hisoblanadi. A. oʻziga xos maxsus faoliyat turi boʻlib, amaliyotda savdo-sotiqdan iboratdir. Bu faoliyat bilan maxsus kishilar guruhlari shugʻullanadilar. A.ning iqtisodiy aso-sini ijtimoiy mehnat taqsimoti tash-kil etadi, harakteri va shaklini ishlab chiqarish belgilaydi.
Iqtisodiy_qonunlar'>Iqtisodiyqonunlar - kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy neʼmatlarni i.ch., taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol munosabatlarini boshqarib turuvchi obyektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va i.ch. munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. I.q. i.ch. munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bogʻlanishlarni ifodalaydi. I.q. doimo bir-biri bilan bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi,
Iqtisodiykategoriyalar – bu iqtisodni o‗rganishda qo‗llaniladigan nazariy tuchunchalar bo‗lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in‘ikosi, ifoda etilishidir. Kategoriyalar – ilmiy fikrlash marsulidir. Ularni kundalik hayotda uchraydigan tuchunchalardan farqlash zarur. Masalan, kundalik hayotda bozor deganda, ko‗pchilik yig‗ilib. savdo qilinadigan joy tushuniladi. Nazariyada esa bozor deganda joy emas, pul yordamida ayirboshlash, ya‘ni kishilar o‗rtasida oldisotdi munosabatlari anglanadi.
Isteʼmol — iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish jarayonida moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish, takror i.ch. jarayonining oxirgi bosqichi. Isteʼmol turiga koʻra, ishlab chiqarish isteʼmoli va noishlab chiqarish Isteʼmol ga boʻlinadi. Ishlab chiqarish isteʼmoli i. ch. jarayonida xom ashyo, mashina, yoqilgʻi, yordamchi materiallar va b. ishlab chiqarish vositalarining hamda ishchi kuchi (jismoniy va maʼnaviy energiya)ning sarflanishini bildiradi.