5. Standart funksiyalaridan foydalanish. Jadvallarda har xil funksiya va formulalarni ishlatish mumkin. Ularni yozishdan avval = belgisini qo’yishingiz kerak. Funksiyalarda + (qo’shish), (ayirish), * (ko’paytirish), / (bo’lish), ^ (darajaga ko’tarish) belgilarini ishlatishingiz mumkin. Formulalarda xonalar nomi faqat lotin xarflar bilan berilishi shart. Asosiy funksiyalar:
MIN (xonalar) xonalardagi sonlarni minimalini topish
MAKS (xonalar) xonalardagi sonlarni maksimalini topish
SRZNACh (xonalar) xonalardagi sonlarni o’rtachasini topish
SUMM (xonalar) xonalardagi sonlarni yg’indisini topish
yeSLI (shart, tugri, notugri) shart bo’yicha amalni bajarish
SChYoTZ (xonalar) bo’sh bo’lmagan xonalar sonini aniqlash
SChYoTeSLI(xonalar, shart) shartga javob beruvchi xonalar sonini aniqlash
SeGODNYa ( ) bugungi kunni qo’yish
STePeN (son, daraja) ko’rsatilgan sonni kerakli darajaga ko’tarish
ZNAK (xona) ko’rsatilgan xona ichidagi ma'lumatlar ishorasini aniqlash
COS (son) ko’rsatilgan sonni kosinusini aniqlash
SIN (son) ko’rsatilgan sonni sinusini aniqlash
6. Elektron jadvallarida diagrammalar tuzish. Excel dasturida jadval ma'lumotlarga qarab har xil diagrammalar yaratish imkoniyati bor. Diagrammalar bizga ma'lumotlar bilan ishlashni osonlashtiradi.
http://hozir.org