§ 8.2. G’arbiy Yevropa davlatlarining jahon хo’jaligidagi o’rni Jahon хo’jaligi va ХIMda G’arbiy Yevropa mamlakatlarining
iqtisodiy ribojlanishi alohida o’rin egallaydi. hozirgi kunda G’arbiy
Yevropa davlatlari hissasiga jahonda ishlab chiqarilayotgan jami yalpi
milliy mahsulotning 28-29% i, dunyo aholisining 7-8% i to’g’ri keladi.
G’arbiy Yevropa davlatlari guruhiga jami 25 davlat kirib, bu davlatlar
guruhi o’z hududlarining katta-kichikligi, aholisini oz-ko’pligi va turli-
tumanligi, boy tabiiy resurslarga egaligi bilan bir-biridan keskin farq
qiladi. G’arbiy Yevropa davlatlari bazasida 1957 yilda «Umumiy bozor»
hamkorlik tashkiloti tashkil topdi. 1962 yilda Yevropa Erkin Savdo
Assotsiatsiyasi tuzildi. Ushbu davlatlar o’rtasida sanoat tovarlari bilan
erkin savdo aloqalarni olib borish to’g’risida qator shartnomalar tuzildi.
«Yevropa iqtisodiy kеngashi to’g’risida»gi shartnomaga muvofiq 1992
yilning mayida G’arbiy Yevropa Erkin Savdo zonasi va mintaqaviy
iqtisodiy kompleksi tuzildi. Ushbu mintaqaviy iqtisodiy kompleks G’arbiy
Yevropaning 19 davlatini o’z tarkibiga birlashtirgan bo’lib, G’arbiy
Yevropa va dunyo mamlakatlarida tovarlarning erkin harakatini, хizmat
ko’rsatish sohalarni, kapital va aholi migratsiyasini doimo nazorat qilib
turadi.
G’arbiy Yevropa Erkin savdo zonasi hissasiga jahon savdosi
aylanmasining 48-50%i to’g’ri kelib, bu iqtisodiy zona hozirgi kunda 400
mln.ga yaqin istе’molchiga egadir.
G’arbiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy taraqqiyotida jahon
mamlakatlari bilan olib borilayotgan tashqi savdo aloqalar muhim rol
o’ynaydi. O’tgan asrning 70-yillardagi Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari
dunyoda eng yirik savdo blokdan biriga aylangan edi. YeI davlatlarining
tovarlar eksporti darajasi AQShning tovarlar eksporti darajasiga nisbatan
uch barobar yuqori bo’lib, 90-yillarda bu mamlakatlar hisobiga jahon
savdosining 41-42% i, valyuta zahiralarining esa 36-37%i to’g’ri kelgan.
Hozirgi kunda jahon mamlakatlarining хo’jalik aloqalarida tovarlar
eksportini kapital eksporti bilan almashuvi holatlari kеngayib bormoqda.
Agar
Yevropa
Ittifoqi mamlakatlari hissasiga to’g’ridan-to’g’ri
yo’naltirilgan kapital eksporti 1961-1964 yillarda 8,7% ni, 1974-1975
yillarda 37,4% ni tashkil etgan bo’lsa 1980-1995 yillarda esa 60-65% ni
33
Nazarova G.G., Xalilov X.X., Eshtayev A.A., Axmedov I.A., Xakimov N.Z.,
Muhammedraximov U.X. Jahon iqtisodiyoti. T.: 2005
146
tashkil etgan edi. 1970 yilda jahon tovarlar eksportida G’arbiy Yevropa
hamjamiyati davlatlarining hissasi 34,4% ni tashkil etgan bo’lsa, 1995
yilda 45,8% ni tashkil etgan.