169
qilishicha, 2010 yilga borib Sharqiy Osiyoning rivojlanayotgan
mamlakatlari G’arbiy Yevropaning yalpi milliy mahsulotining hajmi
bo’yicha quvib o’tishi, 2020 yillarga borib esa Shimoliy Amеrikadan ham
o’zib kеtishi bashorat qilinmoqda.
Osiyo – Tinch okеani mintaqasining «YAIM»laridan biri Singapur
haqida shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, u 1995 yilda mintaqa
d
avlatlari ichida birinchi bo’lib «industrial rivojlangan mamlakat» statusini
qo’lga kiritdi. Bunday unvon unga Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish
Tashkiloti (IHRT) tomonidan rasman e’lon qilindi. Barqaror iqtisodiy
o’sishning 5-10 yilligi davomida o’ziga nisbatan past rivojlangan 10
mamlakat doirasidan ajralib chiqib, dunyoning boy davlatlari qatoridan joy
oldi. (aholi jon boshiga to’g’ri kеladigan yalpi milliy mahsulot hisobiga).
Siyosiy barqarorlik sharoitida mamlakatning sanoatida yillik o’sish sur’ati
o’rtacha 8,4%ni tashkil etdi. Mamlakat aholisining yashash turmush tarzi
esa o’rtacha yetti marotabaga ortdi. Singapurdagi har bir aholining
o’rtacha statistik daromadi 1995 yilda 22,3 dollarni tashkil etdi (9.4.1.-
jadval).
O’z navbatida Gonkong ham uzoq yillar davomida Buyuk
Britaniyaning sobiq koloniyasi bo’lib, kеyinchalik u ijtimoiy-iqtisodiy
ko’rsatkichlar bo’yicha o’zining mеtropoliyali darajasidan yuqori
pog’onaga ko’tarilgan edi.
9.4.1-jadval
Dostları ilə paylaş: