1.2.2. Iqtisodiy o`sishning keynsian modellari.
O’sish modellarining ko’pchiligi shunga asoslanadiki, ishlab chiqarish real hajmining o’sishi asosiy ishlab chiqarish omillari — mehnat, yoki ishchi kuchi (L), hamda kapitalning (K) ta’siri ostida ro’y beradi. “Mehnat” omiliga odatda tashqi muhit kam ta’sir ko’rsatadi, kapital salmog’i esa muayyan investistion siyosat orqali yo’lga solinishi mumkin. Ma’lumki, iqtisodiyotda vaqt o’tishi bilan kapital zahirasi ishdan chiqish hisobiga qisqaradi va sof investistiyalarning o’sishi hisobiga ortadi. Shak-shubha yo’qki, iqtisodiy o’sish o’zicha emas, balki aholi farovonligini oshirishning asosi sifatida ahamiyatlidir, shuning uchun o’sishning sifatiy bahosi ko’pincha iste’mol dinamikasini baholash orqali beriladi.
Iqtisodiy o’sishning keynsian modellarida taklif dinamikasini aniqlovchi omillar bilan bog’liq bo’lgan talab tahlilining asosida iqtisodiyotda talab va taklifning dinamik muvozanati shartlari oydinlashadi. O’sishni boshqaruvchi strategik o’zgaruvchi bo’lib investistiyalar xizmat qiladi.
Domar modeli. Keynsian modellarining eng oddiysi 40-yillarda taklif qilingan E. Domar modeli hisoblanadi. Unda ishlab chiqarish texnologiyasi Leontevning ishlab chiqarish funktsiyasi orqali ifodalanadi, bunda quyidagi shartlar mavjud:
kapitalning me’yoriy unumdorligi o’zgarmaydi;
mehnat cheklangan resurs hisoblanmaydi (ya’ni mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu esa narxlar darajasining doimiyligini ta’minlaydi);
kapital amortizastiyasi bo’lmaydi, K/Y nisbat va jamg’arish normasi – o’zgarmasdir. Ishlab chiqarish hajmi bitta resurs – kapitalga bog’liq.
Iqtisodiyotda talab va taklif o’sishining omili bo’lib investistiyalar xizmat qiladi. Agar ma’lum davr ichida investistiyalar ∆I miqdorga o’ssa, u holda, multiplikator samarasiga muvofiq, yalpi talab quyidagicha o’sadi:
B u yerda m – xarajatlar multiplikatori, b – iste’molga me’yoriy moyillik, s – jamg’arishga me’yoriy moyillik.
Y alpi taklifning o’sishi esa quyidagiga teng:
Bu erda ∆K – kapitalning me’yoriy unumdorligi (shartga ko’ra doimiy). Kapitalning ko’payishi ∆K mos investistiya miqdori bilan ta’minlanadi, shuning uchun quyidagicha yozish mumkin:
Talab taklifga teng bo’lganda muvozanat holatidagi iqtisodiy o’sishga erishish mumkin:
yoki
ya’ni investistiyaning o’sish sur’ati kapital me’yoriy unumdorligi bilan jamg’arishga me’yoriy moyillikning ko’paytmasiga teng bo’lishi kerak.
M uvozanat sharoitida investistiya jamg’armaga teng, ya’ni I=S, hamda S=sY (s=const) bo’lgani uchun
Shunday qilib, Domar modeli bo’yicha, iqtisodiyotda real daromad o’sishining muvozanatli sur’ati mavjud bo’lib, bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalaniladi. U jamg’arish normasiga hamda kapitalning me’yoriy unumdorligi, yoki kapital unumining o’sishiga (∆Y/∆K) to’g’ri proporstionaldir. Investistiya va daromad vaqt o’tishi bilan bir xil o’zgarmas sur’atda o’sadi. Biroq xususiy sektorning rejali investistiyalarining o’sish sur’ati modelda berilgan darajadan chetlashsa, bunday dinamik muvozanat o’zgaruvchan bo’lib qolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |