Iqtisodiy o’sishning ma‘zmuni, turlari va ko’rsatkichlari Iqtisodiyotda qiyin bo’lgan masalalardan biri iqtisodiy o’sishni ta‘minlashdir. Uni aniqlash mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sishni tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy rivojlanishni aniqlash mumkin bo’ladi. Iqtisodiy o’sish deb ishlab chiqarishga sarf qilinadigan iqtisodiy resurs xarajatlari hisobidan erishilgan ijobiy natijalar yalpi ichki mahsulotda hisoblanib uni aholi jon boshiga taqsimlanishida ifodalanishiga aytiladi.
Iqtisodiy o’sish bo’lsa YaIM hajmi ko’payadi, aholi jon boshiga taqsimlaganda real YaIM miqdori ortib borishi ko’zatiladi. Mamlakat aholisining turmush darajasi real YaIM miqdorini, uni hajmini oritib borishida qo’rinadi.
Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur‘atini ko’rsatadigan ko’rsatkichlar quyidagilaridan iborat (real YaIM mahsulot miqdorining ijobiy darajasi o’sishi):
- aholi jon boshiga real YaIMning taqsimlaganda uni ko’payib borishi - bu ko’rsatkichlarda mahsulot sifatini to’liq hisobga olmaydi, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o’sish bo’sh vaqtining kamayishini bildirmaydi, natijada farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi. Iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta‘sirini hisobga olmaydi. Shu sababli iqtisodiy o’sishning barcha tavsifi yillik o’sish suratlarining foizdagi o’lchovida to’liq o’z ifodasini topadi:
O’S =(1)
Bu yerda:O’C – iqtisodiy o’sish surati, foizda; YaIM joriy davr – joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi; YaIM bazis davr- taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YaIM hajmi;
O’zbekiston aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi