Iqtisodiy o’sishning xarrod-domar modeli


Milliy boylik va uning tarkibi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə11/12
tarix11.07.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#136354
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
38 IQTISODIY O`SISH IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA jahongir

2.2. Milliy boylik va uning tarkibi

Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy , nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir . Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak , boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo'ladi . Shunday ekan milliy boylik keng ma'noda o'z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne'matlar, yaratilgan san'at asarlari , intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi.


Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran , qiymat o'lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob'ektiv sabablariga ko'ra ancha qiyin , jumladan uning tabiat in'omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o'lchovlariga ega emas . Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma'nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma'noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo'ladi.
Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo'ladi . U kishilarning ko'plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi . Aytilganlardan kelib chiqib , milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin :
1. Moddiy buyumlashgan boylik .
2. Nomoddiy boylik .
3. Tabiiy boylik .
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning , unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarning joriy iste'mol qilishdan ortiqcha qismini jamg'arish oqibatida vujudga keladi va o'sib boradi . Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig'indisi sifatida tasavvur qilish noto'g'ri bo'lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib, qaytadan yangilanib turadi ( ishlab chiqarish vositalari, iste'mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o'rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg'arilib boriladi.
Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo'lib, tarkibiy tuzilishi bo'yicha qo'yidagilarni o'z ichiga oladi :
- ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo'ladi , hamda o'zining texnikaviy darajasi bo'yicha yalpi milliy mahsulotning o'sish imkoniyatini belgilab beradi :
- noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy - joy fondi , ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob'ektlar kiradi . - aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo'lib , asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy - buyumlashgan qismi . Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta'siri ostida bo'lib , potentsial tayyor mahsulot hisoblanadi . - moddiy zahiralar va ehtiyotlar . Bunga muomala bosqichdagi tayyor mahsulot , korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar , davlat ehtiyotlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro'y berishi mumkin bo'lgan va oldindan bilib bo'lmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi .
Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sug'urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi.
- aholining uy , tomorqa va yordamchi xo'jaligida jamg'arilgan mol - mulk. Bunga uy - joy , avtomobil , madaniy - maishiy buyumlar , kiyim - kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi. Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmog'i o'zgarishsiz qolmaydi .
Asosan fan - texnika taraqqiyoti sharoitida moddiy . buyumlashgan boylik tarkibida yirik o'zgarishlar ro'y beradi . Sanoat tarmoqlarining asosiy kapitali tez ko'payadi va yangilanadi , noishlab chiqarish sohasining asosiy kapitali tarkibida ilmiy , o'quv , sog'liqni saqlash muassasalarining ulushi tobora ko'proq hissasini egallaydi . Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari o'sib boradi . Moddiy buyumlashgan boylik o'sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin : - mehnat unumdorligining o'sishi ; - ishlab chiqarish samaradorligining ortishi ; milliy daromadda jamg'arish normasining ortishi . Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart - sharoiti hisoblanadi . Buning ma'nosi shuki , bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste'mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko'payishi ro'y beradi . Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart - sharoiti , uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi . Bunda ishlab chiqarishning o'sish sur'ati va miq , si milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog'liq bo'ladi . Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farqlansa - da , har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi . Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi . Tabiiy boylikning . vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog'liq emas , u tabiat qonunlari asosida ro'y beradi . Foydali qazilma boyliklar , o'rmonlar , suv va er resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi . Tabiat in'omlari o'zlarining dastlabki ko'rinishida tabiiy boylik bo'lib , shu holatida inson ing natijasi blangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi . Buning ma'nosi shuki , tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi . Ular real boylikka inson mehnatining ta'siri oqibatida aylanadi . Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi . Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi . Nomoddiy sohalarda ash , viy - buyum shakl bilan bog'liq bo'lmagan alohida turdagi iste'mol qiymatlar hosil qilinadi . Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta'minlash va oshirib borish uchun zarur bo'ladi . Bunday boyliklarga ta'lim , sog'liqni saqlash , fan , madaniyat , san'at , sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi . Uning tarkibida tarixiy ¸dgorliklar , arxitektura obidalari , no b adabi , t va san'at asarlari alohida o'rin tutadi . Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san'atning rivojlanish darajasi , jamiyat a'zolarining to'plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi , ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi , sog'liqni saqlash , ta'lim va sportning rivojlanish darajasi o'z ifodasini topadi . Moddiy buyumlashgan boylikning o'sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko'payishining asosi hisoblanadi . Agar fan - texnika taraqqi , ti yuqori sur'atlar bilan rivojlansa madaniyat , san'at , fan kabi nomoddiy sohalar ham o'sib va takomillashib boradi . Shunday qilib , milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo'lib , o'z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi .
Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyalashuvi sharoitida statistika davlat, jamiyat va biznesni ob’yektiv, ishonchli hamda shaffof ma’lumotlar bilan ta’minlovchi umummilliy manba sifatida shakllanishi kun tartibida eng dolzarb masala sifatida turibdi.
Bugungi kunda, statistik ma’lumotlardan jamiyatning barcha a’zolari to‘liq va cheklovlarsiz foydalanishi, statistikaning ijtimoiy ne’mat sifatida shakllanishi uchun ma’lumotlarning ochiq va ishonchli bo‘lishiga talab tobora kuchayib bormoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi xorijiy tajribaga nazar soladigan bo‘lsak, xususan, Buyuk Britaniya Milliy infratuzilmani rivojlantirish komissiyasining 2017 yildagi hisobotida (NIC, 2017) statistika Milliy infratuzilmaning muhim elementi, amalga oshirilayotgan siyosatning samaradorligini ta’minlashda va uning natijalarini baholashda xizmat qiluvchi ijtimoiy ne’mat ekanligi qayd etilgan.
Yevropa Ittifoqining Statistika byurosi xulosalariga asosan (Eurostat, 2018; Baldacci et al., 2016) xalqaro miqyosda katta massiv ma’lumotlarga (Big data) bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda.
O‘zbekistonda ham so‘nggi uch yilda statistika tizimini takomillashtirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-son va «Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2019 yil 9 apreldagi PQ-4273-son qarorlari qabul qilingan.
Natijada, statistika tizimida bir qator ijobiy o‘zgarishlarga erishildi.
Jumladan:
- inflyasiyani hisoblash usuli xalqaro standartlarga moslashtirilib, kuzatuvdagi tovarlar tarkibi 2016 yildagi 334 tadan 2020 yilga 510 taga kengaytirildi;
- oltin zaxirasi, tabiiy boyliklar, Davlat byudjeti va tashqi qarz haqidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinmoqda;
- Jahon bankining statistika salohiyati indeksida O‘zbekiston ko‘rsatkichi 2018 yilda 54,4 balldan 64,4 ballgacha ko‘tarildi;
- Xalqaro valyuta jamg‘armasining Ma’lumotlarni tarqatish umumiy tizimi doirasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi;
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining «UN Comtrade» xalqaro tashqi savdosi axborotlar bazasiga qo‘shilishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, sohada axborotlarning umumiy foydalanish uchun ochiqlik holati, ochiq ma’lumotlarning oshkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon hamjamiyatiga yetkazishning amaldagi mexanizmlari qabul qilingan xalqaro talablarga to‘liq javob bermasligi kabi bir qator muammolarning mavjudligi mamlakatimizning statistika salohiyati indeksidagi o‘rni pastligiga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, Jahon bankining statistika salohiyati indeksida O‘zbekiston ko‘rsatkichi so‘nggi ikki yilda 10 ballga ko‘tarilib 64,4 ballni tashkil etgan bo‘lsada, daromadlari o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar (73,3 ball) va daromadlari o‘rtachadan past bo‘lgan mamlakatlarning (71,7 ball) mazkur ko‘rsatkichlaridan ancha past.
Xalqaro mehnat tashkiloti indikatorlarining 80% foizi, Oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) – 64%, YuNESKOning ta’lim bo‘yicha milliy statistika bazasida – 48%, Xalqaro energetika agentligining – 43% bo‘yicha bizda tarmoq statistikasi yuritilmay kelinmoqda.


XULOSA

Respublikada sifat jihatidan yangi mavqega o‘tishning puxta o‘ylangan dasturi ishlab chiqilgan. Tanlab olingan taraqqiyot yo‘li Konstitusiyaga asoslangan bo‘lib, bu o‘zgarmas yo‘ldir, chunki tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda. Bu O‘zbekistonni milliy-davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan kamolotga muqarrar olib boradigan yo‘ldir.


Beshta asosiy qoida O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha:
-birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur;
-ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;
-uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitusiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;
-to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;
-beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi "inqilobiy sakrashlar"siz, ya’ni evolyutsion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi. Hozir bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni ta’minlaydi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida inson mexnati bilan yaratilgan va butun tarixiy taraqqiyot moboynida jamg‘arib kelinayotgan moddiy va ma'naviy ne'matlar, iste'mol qiymatlarining yig‘indisidir. Millyi boylik jamiyatda axoli turmushi va ma'naviy darajasining negizi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moddiy asosi va pirovad natijasidir.
Millyi boylikni tashkil etadigan moddiy ne'matlarning xosil bo‘lishi jixatidan a) bir qismi inson mexnatining natijasi bo‘lsa, b) ikkinchi qismi ishlab chiqarish jaaryoniga jalb etilgan tabiiy boylik resurslaridan iborat. Tabiiy resruslar jamiyat tasarrufidagi yer, o‘rmon, suv, foydali qazilmalardan iborat. Ular milliy boylik moddiy ne'matlar qismining yaratilishi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tabiiy potensial cheklangant bo‘lib, u yer, suv zaxiralari, o‘rmon va yer osti boyliklari, suv boyliklari, iqlimiy qulayliklardan iborat. Tabiiy resurslarning kamyobligi tufayli vujudga keladigan qiyinchilik va to‘siqlarni texnik – texnologik potensial yordamtda bartaraf etish mumkin. Masalan: Yaponiya tabiiy resusrlarining kamyobligini o‘zining yuksak texnik-texnologik potensiali yordamtda qoplaydi. O‘zbekiston boy tabiiy moddiy va mexnat resurslariga ega. Vazifa bu resurslardan oqilona, tejamkorona va samarali foydalanish kerak.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin