1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy
tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni
tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat
boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni
amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan
davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy
va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid
axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning
samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari
tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
Dostları ilə paylaş: