3. Guruhlashtirish usuli
Har bir iqtisodiy hodisa va jarayonlar eng avvalo, boshlang’ich hujjatlarda aks ettiriladi. Bu boshlang’ich hujjatlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun, ular ma’lum tartibga solinishi “analitik guruhlashtirish” zarur. Analitik guruhlashtirish – bu yig’ma-umumiy ma’lumotlardan alohida muhim belgilari va xususiyatlarga ajratish bo’yicha guruhlarga ajratishdir.
Analitik guruhlarning o’zining bajaradigan maqsadi va mazmuniga qarab: tipologik, tarkibi va omili guruhlarga ajratish tushuniladi. Bunday guruhlar tuzishga sanoat korxonalarida barcha hodimlarni kategoriyalariga ajratilishini misol qilish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish hodimlarining kategoriyalariga qarab asosiy va yordamchi ishlarga, injener-texnik hodimlar, va ishchilar o’rtasidagi nisbatlarni qay darajadaligini o’rganadi. Shu bilan birga keyinchalik har bir turdagi kategoriyalardagi hodimlarni o’z ichidagi yana mayda guruhlar tuzilishi mumkin. Ya’ni:
Tarkibiy guruhlashtirish – umumiy yirik belgilar bo’yicha tuzulgan guruhlar ichidan ayrim qonuniyatlar va belgilarni o’rganishga mo’ljallanadi. Masalan: umumiy ishchilar sonini malakasi, ma’lumoti, ish ( tartibi) tajribasi, Yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo’yicha o’rganish.
Omilli guruhlashtirish – o’rganiladigan hodisa va qonuniyatlarning o’zgarish sabab-oqibatlariga ta’sir qiluvchi omillar bo’yicha guruhlarga ajratishga mo’ljallanadi. Bunday guruhlarga hodimlarning oylik maoshini o’zgarishini va ularning ish stajiga bog’liqligiga qarab guruhlar tuzishni misol keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |