«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fani



Yüklə 434,82 Kb.
səhifə7/8
tarix22.09.2023
ölçüsü434,82 Kb.
#146973
1   2   3   4   5   6   7   8
ITT fani 1-mavzu Microsoft PowerPoint

  • Neoliberalizm (F.Xayek, L.Erkard) - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
  • Monetarizm — (M. Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi.
  • Institutsionalizm- tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o‘zgarishlar orqali ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanining boshqa fanlardan farqli xususiyati

  • Har bir g'oya, ta'limot uni yaratgan bir yoki bir guruh insonlar, olimlar, davlat rahbarlarining faoliyati bilan chambarchas bog'liq holda beriladi.
  • Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati Milton Fridmenning fikricha, fanni o'rganishda olimlarning «avtobiografiya va biografiyalariga murojaat qilish, shu yo'l bilan olimlarni aforizm va misollar yordamida rag'batlantirish kerak, faqat sillogizm (deduktiv fikrlash) va teoremalar bilan cheklanmaslik zarur».
  • Iqtisodiy ta'limotlar tarixi faniga, boshqa fanlarga ham xos bo'lgan yana bir xususiyat shuki, iqtisodiy g'oyalar doimo dialektik rivojlanishda bo'lib, ularning tahliliga so'nggi nuqta qo'yish qiyin. Bundan bir necha yuz yil avval yuzaga kelgan fikr va g'oyalarning ma'nosi ustida tortishuv va bahslar hali ham davom etib kelmoqda. Masalan, hanuzgacha K.Marksning qiymat (ruscha - «stoimost») to'g'risidagi fikri aslida qimmat (ruscha - «цennost») bo'lgan, degan fikr mavjud.

Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanining xususiyatli jihatlari:

  • “Iqtisodiy ta'limotlar tarixi” fanining rivojlanish tarixi shuni isbotlamoqdagi, ko'pgina iqtisodiy g'oyalar ob'ektiv xo'jalik amaliyoti bilan chambarchas bog'liq. Ko'pgina olimlar avvallari (hozir ham uchrab turadi) o'z qarashlarini mutloq universal bekami-ko'st deb ko'rsatishga uringanlar. Albatta, «abadiy» qonuniyatlar ham mavjud bo'lib, ularni istalgan tizimda kuzatish mumkin, ammo ko'p hollarda olimlar bugungi haqiqatning tarixiyligini ilg'ab olishga har doim qodir emas.
  • Yana bir muhim masala ustida to'xtab o'tish kerakki, avval yuzaga kelgan iqtisodiy g'oyalarga shu kungi o'lchovlar bilan baho beriladi va odatda ilgarigi g'oyadagi «xato» va «kamchilik»lar aniqlanib, yangi g'oyaning undan afzalligi «isbotlanadi».
  • Bunda dialektik mantiq bor albatta, masalan, A.Smitning mashhur asarida o'zidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta'limotlari tahlil etilgan, Evropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o'rganilgan.
  • Etakchi g'arb olimlari ko'p hollarda to’rt buyuk shaxsning g'oyalariga alohida urg'u berishadi: bu Smit, Marks, A.Marshall va Keynsdir.
  • Bu olimlarning iqtisodiy g'oyalarida mavjud ta'limotlarning ko'pchiligi o'z in'ikosini topgan va ular jahon iqtisodiy g'oyalari rivojiga alohida hissa qo'shgan shaxslardir.

Yüklə 434,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin