Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə3/4
tarix24.03.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#89421
1   2   3   4
Iqtisod va biznes

5) Oila. Oilaning tovarni xarid qilishda ta’siri kattadir. Ko‘pincha yirik va qimmatbaho tovarni sotib olishda oilada bir-biri bilan maslahatlashishadi, keyin u yoki bu tovarni sotib oladilar. Oila a’zolari soni ham bunda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, a’zolari kam oila uchun kichik hajmli muzlatkich sotib olish kifoya, a’zolari ko‘p bo‘lgan oila esa katta hajmli muzlatkichni sotib olishni xohlaydilar.

6) Xaridorlarning shaxsiy hislatlari. Bu omilni o‘rganish juda ham qiyin, buning uchun ba’zi kuzatishlarni olib borish zarur. Masalan, reklama bo‘yicha mutaxassis reklama tayyorlash jarayonida nimalarga e’tibor berishi kerakligini misolda izohlaylik. Har xil odamlar bir xil ma’lumotni har xil qabul qiladi. Ba’zi odamlar ko‘z orqali ko‘rilgan ma’lumotni yaxshi qabul qilsa, boshqalari eshitish orqali ma’lumotni yaxshi qabul qiladi. Shuni e’tiborga olib, televizion reklama tayyorlashda ko‘rsatuvlar matn bilan ta’minlanadi va yozuvda ifodalaniladi, suxondon esa shu matnni o‘qiydi. Shunda ma’lumot har xil hislatli xaridorga yetib boradi.

Marketing strategiyalarini turli mezonlarga ko'ra tasniflash mumkin. Ko'pincha asosiy marketing strategiyalari quyidagi toifalarga bo'linadi:


Marketing strategiyalarining asosiy turlari
Integratsiyalashgan o'sish. Kompaniyalar tuzilmani kengaytirish va "vertikal rivojlanish" dan, ya'ni yangi mahsulot yoki xizmatlarni chiqarishdan foydalanishni xohlaydi. Integratsiyalashgan o'sish marketing strategiyasini amalga oshirishda firmalar korxonaning filiallarini, yetkazib beruvchilarini, dilerlarini nazorat qila boshlaydi va yakuniy iste'molchiga ta'sir o'tkazishga harakat qiladi

konsentrlangan o'sish. Ushbu strategiya doirasida mahsulotlarni sotish bozori o'zgarishi yoki mahsulotning o'zi modernizatsiya qilinishi mumkin. Qoida tariqasida, bunday strategiyalarning asosiy maqsadlari raqobatdosh korxonalarga qarshi kurash va kengaytirilgan bozor ulushini egallashga intilish ("gorizontal rivojlanish"), mavjud mahsulotlar uchun bozorlarni topish va ularning sifatini yaxshilashdir.


Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin