Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fanining tadqiqot usullari referat



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə1/7
tarix20.11.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#166506
  1   2   3   4   5   6   7
1. Qorayev H


O`zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti
Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti

Geografiya (sirtqi) yo`nalishi 5-bosqich talabasi
Qorayev Hamzaning
Geografik tadqiqot usullari fanidan bajargan

MUSTAQIL ISHI


Bajardi:____________________
Tekshirdi:____________________

Toshkent-2023

Mavzu: .Shaharlarning geografik o’rganilish asoslari


Reja:
Kirish


1. Tuman ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi va joylanishida omillar va sharoitlar
2. Tumаn sаnоаtining rivojlanishi va joylanishining hududiy tarkibi
3. Hududni iqtisodiy geografik rivojlantirishda qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining oʻrni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish
Chiroqchi — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Hududi 2.8 ming km2. Aholisi 445.5 ming kishi.[2] Shimolda Samarqand viloyatining Nurobod va Pastdargʻom tumanlari, gʻarbda Koson tumani, sharqda Shahrisabz va Yakkabogʻ tumanlari, janubda esa Qamashi, Gʻuzor va Qarshi tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududida Chimqoʻrgʻon va Qalqama suv omborlari mavjud. Markazi — Chiroqchi shahri. Tumanda 33 ta mahalla va 20 ta qishloq fuqarolar yigʻinlari (Dam, Dodiq, Jar, Koʻkdala, Langar, Mirzatoʻp, Oxunboboyev, Paxtaobod, Torjilgʻa, Oʻymovut, Uyshun, Humo, Chim, Chorvador, Shoʻrquduq, Eski Anhor, Yangi Hayot, Qalqama, Qahramon, Qumdaryo) faoliyat yuritgan. 2022-yil 17-martda ulardan ayrimlari Koʻkdala tumaniga oʻtkazilgan.
Tuman hududi viloyatning shimoliy qismida joylashgan. Relyefi tekis choʻl va qiradirlardan iborat boʻlib, janubiy gʻarbdan shimoliy sharqqa (Qoratepa togʻi) balandlashib boradi. Balandligi tekis choʻl qismida 400- 600 m, adirda 700-900 m va Zarafshon tizmasining davomi boʻlmish Qoratepa togʻida 1200-1500 m. Dursun qishlogʻi yonida tabiiy gaz koni topilgan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 14,7°. Yanvarnning oʻrtacha temperaturasi 2,7°, eng past temperatura —20°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, eng yuqori temperatura 45°. Vegetatsiya davri 220—230 kun. Yiliga 368 mm, sharqida 400-500 mm yogʻin tushadi. Tumandagi ekinlar Qashqadaryo, Qumdaryo, Oyoqchidaryo va boshqa kanallardan sugʻoriladi. Tumanning janubida Chimqoʻrgʻon suv ombori bor. Shimoliy togʻli zonada oʻtloqi, tekislik qismida tipik boʻz tuproqlar, och boʻz tuproq, dara vodiylarida oʻtloki botqoq tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan rang, qargʻaoyoq, qamish, chitir, karrak, bugʻdoyiq, yantoq, kashkar beda, qoramugʻ, qoʻziquloq, oqquray, tuyaqorin va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, quyon, kalamush, qoʻshoyoq, sichqon, echkemar; qushlardan qirgʻovul, soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaddoq va boshqalar bor.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin