Iqtisodiyot ” kafedrasi


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil etishning mazmuni va mohiyati



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#163989
1   2   3   4   5   6
eksport kurs ishi

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil etishning mazmuni va mohiyati

Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari va jahon bozorining aktiv ishtirokchisiga aylanishi uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omili sifatida qaraladi. Chunki, mamlakatning rivojlangan, rivojlanayotgan mamlakatlar bilan fan va ishlab chiqarish, mehnat taqsimoti yuzasidan iqtisodiy aloqalari bevosita tashqi iqtisodiy faoliyatni yuzaga keltiradi. Shu boisdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va uning rivojlanish istiqbollarini belgilashga qaratilgan davlat dasturini tuzib chiqish hamda bu borada qator iqtisodiy, huquqiy negizlarni belgilash muhim hisoblanadi. Chunki, faoliyatning turli sohalarida xorij bilan aloqada, hamkorlikda bo‘lish, mahsulot, ish va xizmatlar bo‘yicha jahon bozori arenasiga chiqish hamda unda muqim o‘rin egallashning shartlarini belgilab olishga imkoniyat yaratadi. Shu o‘rinda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining quyidagi shakllarini
belgilash mumkin:
- Savdo (mahsulot, ish va xizmatlar realizatsiyasi).
- Qo‘shma tadbirkorlik va boshqalar.
Oxirgi yillarda mamlakatimizni rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini ijobiy baholash mumkin. Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan to‘la iqtisodiy asosga ega. Lekin iqtisodiy asoslar maqsadli va kelajakni ko‘zlab foydalanilayotgani yo‘q. Chunki, mamlakatda tashkil etilgan ayrim qo‘shma korxonalar to‘la quvvatda ishlamayotganligi natijasida iqtisodiy, jumladan: moliyaviy, moddiy, mehnat resurslaridan foydalanish imkoniyatlari boy berilmoqda. Bizning fikrimizcha, qo‘shma va hamkorlikdagi xo‘jalik yuritish subyektlari faoliyatni yo‘lga qo‘yishda mamlakat to‘la moliyaviy, moddiy va mehnat resurslariga ega. Respublika har qanday foydali va maqsadli loyihani moliyalashtirish imkoniyati mavjud. Tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili iqtisodiy tahlilning muhim bo‘limi sifatida alohida o‘rganiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda tahlilni avvalo, boshqaruvning va harakatning muhim sharti sifatida o‘tkazamiz. Tahlil etish asosida korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy shakllari, mahsulot ish va xizmatlar eksporti va importi o‘zgarishlari, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga, tovarlar eksporti va importining tuzilishiga, tovarlarni kredit shartlarida sotish va sotib olish, eksport va import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar o‘zgarishiga baho berish, foyda o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, korxona tashqi savdo aylanmasini o‘stirish yuzasidan korxonada mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlar va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilab berish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning texnik loyihalarini tuzib chiqish va yo‘lga qo‘yish, korxona tashqi iqtisodiy faoliyatiga qisqacha tashxis qo‘yish va sharhlar berish tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili mazmunini tashkil etadi. Taqqoslanuvchi muhim ko‘rsatkichlar sifatida albatta, umumlashgan holda quyidagi ikkita ko‘rsatkich olinadi. 3
1. Eksport hajmi.
2. Import hajmi.
Eksport operatsiyalari tahlili bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi orqali sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmi va ularning rejaga yoki o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Muhim ahamiyat eksport hajmining tarkibiga qaratiladi. Eksport hajmi va uning o‘zgarishini omilli tahlil etish tahlilning muhim qatori sifatida qaraladi. Bunda eksport hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillari o‘rganiladi. Miqdor omil sifatida miqdoriy ifodaga ega bo‘lgan ko‘rsatkich olinadi. Sifat omili sifatida korxonaning muhim iqtisodiy samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi olinadi. Import operatsiyalari tahlilida import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi va dinamikasi, tarkibi, tuzilishi, import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar, import operatsiyalari foydaliligi, import hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahliliga baho beriladi. Import hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida import qilingan tovarlar miqdoriy hajmining, hamda import qilingan tovarlar bahosining o‘zgarishini kiritish mumkin. Kreditga olingan tovarlar va ularning yalpi import hajmidagi salmog‘iga baho berishga ham tahlilda muhim e’tibor beriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–4059-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda – “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi) 2021 yil 1 yanvarga qadar BMTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron ish amaliyotlari boʻyicha markazi tomonidan ishlab chiqilgan “yagona darcha” mexanizmini yaratish boʻyicha tavsiyalar va yoʻl-yoʻriq tamoyillari mezonlariga javob beradigan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimini (keyingi oʻrinda – “Yagona darcha” BAT) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
“Yagona darcha” BATni joriy etishda tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi oʻrinlarda – TIF) subyektlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratadigan mexanizm nazarda tutilsin:
import, eksport va tranzitga taalluqli barcha tartibga solish talablarini bajarish maqsadida standartlashtirilgan maʼlumotlar va hujjatlarni yagona oʻtkazish kanalidan foydalangan holda taqdim etish;
axborot almashinuvning maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlovchi normativ-huquqiy baza bilan mustahkamlagan holda, tashqi savdo bitimlariga doir barcha axborotlarni almashish;
davlat bojxona xizmati, vakolatli organlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning bosqichlarini masofadan kuzatish;
barcha uchun ochiq boʻlgan elektron shakldagi ruxsat etuvchi hujjatlar reyestrlarini (keyingi oʻrinlarda – Reyestrlar) yuritishga toʻliq oʻtish;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlardagi epizootik, karantin va fitosanitariya holatlari toʻgʻrisidagi ochiq maʼlumotlarni
eng soʻnggi koʻrsatkichlar holatida ushlab turish;
dastlabki maʼlumotlar asosida tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi4 hududiga amalda yetib kelishiga qadar ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berish.
2. “Yagona darcha” BATning samarali va toʻliq faoliyat yuritishi, shuningdek, vakolatli organlarning nazorat punktlaridagi ishlarini tizimli yondashuv va doimiy nazorat asosida tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqorov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattorov) va “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev) rahbarlarining shaxsiy javobgarligi koʻrsatib oʻtilsin.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda – Ishchi guruhi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
4. Ishchi guruhi 2019 yil 1 oktyabrga qadar boʻlgan muddatda bojxona maʼmuriyatchiligini isloh qilish, davlat nazorati samaradorligini oshirish, TIF ishtirokchilarining xarajatlarini qisqartirish sohasida tanqidiy tahlillar oʻtkazsin va tahlillar yakunlari asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonini takomillashtirish boʻyicha konsepsiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun kiritsin. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
haddan ziyod maʼmuriy toʻsiqlar va davlat organlarining bir-birini takrorlovchi funksiyalarini bekor qilish;
resurslar cheklanganligi sharoitida davlat xarajatlarining erishilgan yoki kutilayotgan samaraga nisbatini inobatga olgan holda, xavf-xatarlarni boshqarishning toʻlaqonli tizimini joriy etish;
“bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini keng qoʻllash;
bojxona koʻrigida tovarlar qadoqlarini buzib ochish holatlarini qisqartirish.
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaridan quyidagilarni talab qilib olish taqiqlansin:
ruxsat etuvchi xarakterga ega hujjatlarni berishda va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda – karantin ostidagi mahsulotlarni eksport va import qilishda zararsizlantirish (fumigatsiya) dalolatnomasini;
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda – oʻrov varagʻini;
import qilinayotgan tovarlarga vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi hujjatlar va muvofiqlik sertifikatlarini berishda –Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelganlik toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan tovarlarning kuzatuv hujjatlarini (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura va boshqalar);
vakolatli organlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishda – ishonchnomalarni;
import tovarlariga muvofiqlik sertifikatini berishda – normativ hujjat nusxasi, sanitar-epidemiologik xulosa nusxasini;
vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berishda – ishlab chiqaruvchi mamlakat toʻgʻrisida sertifikatni;
2020 yil 1 yanvardan boshlab tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida, shuningdek, import qilinadigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini berishda – xalqaro shartnomalarda maxsus qogʻoz blankalarda rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlardan tashqari, vakolatli organlar tomonidan qogʻoz shaklida beriladigan ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarning asli va nusxalari.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
veterinariya ruxsatnomalarini, fitosanitariya va veterinariya sertifikatlarini rasmiylashtirish uchun eksport qilishdan 30 kun oldin ariza bilan murojaat qilish zarurati toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi;
karantin ruxsati va ekologik sertifikatini berish muddati ularni olish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda ariza berilgan kundan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi kerak;
tovarlar va transport vositalari, agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli boʻlmasa, ularni fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan oʻtkazish taqiqlanadi;
tranzit orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududidan oʻtuvchi karantin ostidagi tovarlarni karantin tekshiruvidan oʻtkazish haq olinmagan holda amalga oshiriladi;
bojxona yuk deklaratsiyasi “sariq” yoʻlakdan “qizil” yoʻlakka oʻtkazilgan holda mazkur oʻtkazishni amalga oshirgan xodim tomonidan bojxona tekshiruvini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan ogʻir yuk tashuvchi va yirik gabaritli transport vositalarining oʻtishi uchun toʻlovlarni avtomatik ravishda hisoblashni amalga oshiruvchi tizimni yaratsin va uning faoliyat yuritishini taʼminlasin;
bojxona postlari orqali kesib oʻtish vaqti toʻgʻrisidagi har oylik statistik maʼlumotni har bir bojxona posti kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi rasmiy veb-saytida eʼlon qilish uchun har bir avtotransport vositasining kirish va chiqish vaqtini avtomatlashtirilgan qayd etish tizimini, shuningdek, yuk transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini taqsimlash imkoniyatini beradigan navbatlarni boshqarish elektron tizimini joriy etish orqali bojxona postlarida avtotransport vositalari boʻlish vaqtining cheklangan muddatini belgilasin;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi bilan birgalikda tovarlarning alohida turlari uchun moʻljallangan laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan va eng optimal manzillarda joylashtirilgan maxsus oʻtkazish punktlari va bojxona postlarini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqsin va zarur hollarda ularning ochilishini taʼminlasin;
uch oy muddatda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari
va vakolatli organlar bilan birgalikda chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtishning aniq muddatlarini (daqiqalarda) belgilashni, bojxona posti hududiga kirish va chiqish vaqtini qayd etish, shuningdek, bir-birini takrorlovchi nazorat funksiyalarini bekor qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida tekshiruv tartib-taomillaridan oʻtish reglamentini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
tovarlarning bojxona qiymatini xatarlarni boshqarish tizimining xavf koʻrsatkichlari qatoriga kiritsin, shuningdek, qonunga xilof maqsadlarda davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxslari tomonidan mezonlarni manipulyatsiya qilishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq choralar koʻrsin;
vakolatli organlar bilan birgalikda muammoli masalalarni yechish uchun tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarining soddalashtirilishi boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida yiliga ikki marta Tarif va notarif tartibga solish kengashining yigʻilishlarida hisobot taqdim etib borsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2019 yil 15 iyunga qadar nazorat punktlari va vakolatli organlarining boshqa obyektlarini maʼlumotlarni uzatish tarmogʻiga ulashni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi va “Oʻzstandart” agentligi maʼlumotlarni uzatish tarmogʻiga ulanadigan nazorat punktlari va vakolatli organlarning boshqa obyektlari dislokatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va AT “Xalq banki” xarajatlarni toʻliq qoplashni taʼminlagan holda chegaraoldi bojxona postlarida kechayu kunduz ishlaydigan, tegishli organlar tomonidan chegara postlarida koʻrsatilgan xizmatlarga toʻlovlarni amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, pul mablagʻlarini naqd pulga almashtirish hamda boshqa naqd va naqdsiz hisob-kitob bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish terminallarini tashkil qilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
2019 yil 1 iyunga qadar joriy etilayotgan ruxsatnomalar berish tartibi doirasida har bir turdagi nazorat qilinadigan tovarni oʻrganishning alohida muddatlarini belgilagan holda, nazorat qilinadigan tovarlarning veterinariya normalari va talablariga muvofiqligini aniqlashning murakkablik darajasidan kelib chiqib, tasniflashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda mamlakatimiz hududini yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilardan muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarini zamonaviy yuqori samarali dezinfeksiya qilish asbob-uskunalarini bosqichma-bosqich oʻrnatishni taʼminlasin.
12. “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda, karantinga olingan mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holati va epizootik vaziyatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlarini va yuborish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi va “Oʻzstandart” agentligi uch oy muddatda “Yagona darcha” BAT platformasida vakolatli organlar tomonidan tanlab olish asosida fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va ekologik nazorat oʻtkazish imkonini beradigan xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimini ishlab chiqsin, shuningdek, ruxsat etuvchi hujjatlar dastlabki maʼlumotlardan foydalangan holda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga amalda yetib kelishiga qadar berilishini amalga oshirsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga maʼmuriy tartib-taomillardan oʻtish qulayligi va davlat bojxona organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan xizmatlar koʻrsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini muntazam baholab borish uchun “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalangan holda chora-tadbirlarni tashkil etish tavsiya etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi hamda “Oʻzstandart” agentligi qonunchilik hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish uchun “davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalarining koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarni tubdan soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.5



  1. Yüklə 0,69 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin