Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati
Talabning kamayishi
Bu holatda D1D1 – boshlang‘ich qiyshiq chiziq, OR, – muvozanat narxi OQ1 talab va taklifning hajmi deb faraz qilamiz. Talab kamayganda qiyshiq chiziq DD tomonga ko‘chadi. Bu mavjud bo‘lgan narxdan tovarning tanqisligini keltirib chiqaradi, chunki OR, narx o‘rnatilganida talabning hajmi endi taklifning hajmidan kam bo‘ladi. Narxlar shkalasida qalin chiziq bilan ko‘rsatilgan bu ortiqchalik narxning tushishiga olib keladi. U tushib borgan sari taklif yangi muvozanat narxi OR o‘rnatilgunicha kamayib boradi. Bunday narx o‘rnatilgach talabning hajmi (OQ) taklifning hajmi (OQ) ga teng bo‘ladi.
Boshqa bir xil sharoitlarda talabning cusayishi narxning va taklifning pasayishiga olib keladi.