Tanlash erkinligi. Odamlar o‘z firmalarini ochish, nimani va qandoq qilib ishlab chiqarishni o‘zlari hal qilish huquqiga ega; ishchilar mashg‘ulot turini erkin tanlashlari, iste’molchilar daromadlarini o‘z xohishlariga ko‘ra, saralashlari mumkin.
Shaxsiy foyda. Odamlar o‘zlariga nima foydali bo‘lsa, shuni qilishlari: firma – o‘z foydasini maksimallashtirishi, ishchilar – o‘z daromadlarini ko‘paytirishlari, iste’molchi o‘z xohishlarini qondirishi mumkin.
Narx mexanizmi (raqobat). Tovar va xizmatlarning talab yoki taklifning o‘zgarishi narxlarning tebranishini keltirib chiqaradi. Narxlarning o‘zgarishlari iqtisodiy resurslarning qayta taqsimlanishiga olib keladi.
Bunda davlatning roli nihoyatda cheklangan. Davlatning iqtisodiy – vazifalari juda kam. Uning bosh vazifasi mamlakatning mudofaasini va huquqiy tartibotni qo‘llab-quvvatlab, ta’minlab turishdir.
Buyruqbozlik iqtisodiyoti
Bunda davlat mamlakatning iqtisodiy resurslarini boshqarish huquqiga ega. U resurslardan foydalanishni to‘liq tartibga solib turadi, nima ishlab chiqarish qandoq va kim uchun ishlab chiqarishni hal qilish huquqiga ega. Bunday iqtisodiyotni markazlashgan rejaviy iqtisodiyot deb atashadi. Uning asosiy xususiyatlari shundaki, ishlab chiqarish vositalariga egalik huquqi davlatga tegishlidir. Bu ushbu iqtisodiy tizimning eng muhim xususiyatidir. Shuningdek, bu tizimning quyidagi xususiyatlari ham mavjud:
Dostları ilə paylaş: |