Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə10/174
tarix02.01.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#42794
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   174
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati

Axborot resurslari – keng ma’noda – haqqoniy axborotni olish uchun tashkil qilingan ma’lumotlarning yig‘indisi.

Axborot resurslari – alohida hujjatlar va hujjatlarning alohida massivlari, axborot tizimlari; kutubxonalar, hujjatgohlar, fondlar, ma’lumotlar banklari, axborot tizimiy resurslarining boshqa turlaridagi hujjatlar va hujjatlar massivlaridir.

Hujjat resurslari – axborot resurslarining bir turi; alohida hujjatlar, axborot tizimlaridagi hujjatlar massivlarning yig‘indisi.

Mehnat resurslari – mamlakat aholisining jismoniy rivojlangan, ishlash uchun zarur bo‘lgan aqliy qobiliyat va bilimlarga ega bo‘lgan qismidir.

Mehnat resurslarining miqdori aholining soniga uning qayta ishlab chiqarish rejimiga, jins, yosh bo‘yicha tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatning mehnat resurslarining asosiy qismini mehnat qilishga qobil yoshdagi aholi, shuningdek, mehnatga qobiliyatli o‘smirlar va pensiya yoshdagi shaxslar tashkil qiladi.

Tabiiy resurslar (tabiat resurslari) – jamiyat odamlarning moddiy va ma’naviy talablarini, ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadigan tabiiy obyektlari, tabiiy jarayonlar va sharoitlardir.

Tabiiy resurslar:

- o‘rni to‘ldiriladigan va o‘rni to‘ldirilmaydigan;

- yangilanadigan va yangilanmaydigan;

- almashtiriladigan va almashtirilmaydigan;

- tenglanadigan va tenglanmaydiganlarga bo‘linadi.



Tabiiy resurslar o‘z ichiga: foydali qazilmalar, enegriya manbalari, tuproq, suv yo‘llari, suv havzalari, ma’danlar, o‘rmonlar, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar, quruqlik va suv ostidagi hayvonot dunyosi, madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining genofondi, go‘zal va betakror landshaftlari, sog‘lomlashtirish mintaqalari va boshqalarni oladi.

Tugaydigan (yo‘q bo‘lib ketadigan) tabiiy resurslar – foydalanish barobarida yo‘qolib, qisqarib boradigan resurslar. Tabiiy resurslarning ko‘plab turlari yangilanadigan va yangilanmaydigan guruhlarga bo‘linuvchi tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi.

Kamyoblik (tansiqlik) – iqtisodiy nazariyada – tovar yoki xizmatga talab uni ishlab chiqarish hajmidan oshib ketgan vaqtda yuzaga keladigan sharoitdir.

Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslardan farqli o‘laroq, inson ehtiyojlari amalda cheklanmagan. Shuning uchun ko‘pgina tovarlar va xizmatlar kamyobligi bilan harakatlanadi.

Bozor iqtisodiyoti kamyob resurslarni taqsimlash baholar (narx) lar mexanizmi vositasida amalga oshiriladi.

Rejali iqtisodiyotda tanqis resurslarni taqsimlash muammosini davlat o‘z markaziy idoralari timsolida o‘z zimmasiga oladi.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin