2-bo‘limda uchta maqsad belgilangan bo‘lib, ularning har biri, shuningdek, ma’lum ko‘rsatkichlarga ega.
1) daromadlarga qo‘yilgan cheklanishlarni olib tashlash. Bu maqsad korxonalarni ularning rentabillik darajasiga qarab taqsimlash hisobiga, zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar sonini, zararlar, subsidiyalar, dotatsiyalarning hajmlarini belgilash hisobiga hal qilinishi mumkin;
2) faoliyat mahsulotlarini erkin taqsimlash huquqlaridan foydalanish. Bu faoliyatning ko‘rsatkichlari davlat buyurtmasidan ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotning ulushi va mahsulotning sotilish yo‘nalishlaridir;
3) mehnat natijalari uchun javobgarlikni kuchaytirish seksiyalari, jarimalar va hokazolar shaklida belgilanadi.
3-bo‘lim “Mehnat faoliyatining motivatsiyasi” deb ataladi. Motivatsiya so‘zi bu yerda asoslanganligi, qaysi maqsaddan kelib chiqilgani, qaysi maqsadga yo‘naltirilgani ma’nosida ishlatiladi. Ushbu bo‘limda faqat bitta maqsad ko‘zda tutiladi. Bu hammani tenglashtirish, barchaga bir xil taqsimlashdan voz kechish va mehnatga qarab taqsimlash tamoyilini kuchaytirishdir. Ko‘rsatkichlar sifatida:
1) kontraktlar va ishlarning natijalarini, samaradorligini hisobga olishning boshqa shakllari bo‘yicha mehnatga haq to‘lash ulushi;
2) mehnatga eng kam (minimal) va o‘rtacha haq to‘lash nisbati;
3) aqliy va jismoniy mehnat uchun to‘lanadigan haqlar nisbati belgilangan.
4-bo‘limda ishlab chiqarish faoliyatini faollashtirish ko‘rib chiqiladi. Unda ikki maqsad keltiriladi:
1) ular bo‘yicha mablag‘larni qaytishi debitorlik va kreditorlik qarzlari va mehnat unumdorligini o‘sishi belgilanadigan resurslardan samarali foydalanish;
2) Investitsion faollikni kuchaytirish. Bu maqsadda iste’molga va jamg‘arishga yo‘naltirilgan mablag‘larni nisbati, shuningdek, investitsiyalarni manbalar bo‘yicha o‘sish sur’ati va tuzilmalari ko‘rsatkichlar qilib belgilangan.
“Boshqarishning iqtisodiy usullariga o‘tish” deb nomlangan 5-bo‘limda bitta maqsad – davlat boshqaruv idoralarining o‘zgartirilishi belgilangan. Bu maqsadni amalga oshirish uchun davlat va xo‘jalik vazifalarining ajratilishi, qayta ishlab chiqarish vositalarining markazlashtirilishi, foydani konsentratsiyalashtirish ulushini belgilanishi ko‘zda tutiladi. Bundan tashqari, rahbarlar-menejerlarni kontrakt tizimi bilan qamrab olish darajasini, mehnatga haq to‘lashni differensiyalash darajasini belgilash ko‘zda tutiladi.
Va nihoyat 6-bo‘lim – tashqI iqtisodiy faoliyatning faollashtirilishi. Unda quyidagi uchta maqsadga erishishi ko‘zda tutiladi:
1) tashqi iqtisodiy faoliyatni olib borish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar soniga va davlat hamda nodavlat tuzilmalaridagi tovar almashish hajmlarining nisbatiga bog‘liq bo‘lgan tashqi savdoni erkinlashtirish;
2) Xom-ashyoni eksport qilishdan tayyor mahsulotni eksport qilishga o‘tish. Eksportning tuzilmasi (tarkibi) tayyor mahsulotni eksport qilish sur’ati – bu maqsadning ko‘rsatkichlaridir.
3) Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalanish. Buning uchun mahsulotni sotishning eksport qilishni, MDH mamlakatlarga chiqarishni, respublikada foydalanishni aniqlab beradigan tuzilma ma’lum bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, tashqi tovar aylanmasini o‘sish sur’atlari, tuzilgan savdo shartnomalarining soni, xorijiy Investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonlarning miqdori ham ma’lum bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |