Odamlarning xo‘jalik faoliyati - turli xil holatlar va jarayonlarning murakkab hamda chigal majmuidan iboratdir. Unda to‘rtta bosqich: xususan ishlab chiqarishning o‘zi, taqsimot, almashinuv va iste’mol ajralib turadi.
Ishlab chiqarish – bu insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarini yaratish jarayonidir.
Taqsimlash – ishlab chiqarilgan mahsulotda har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ishtirok etishi (miqdori, proporsiyasi)ni aniqlash jarayonidir.
Almashinuv – moddiy ne’matlar va xizmatlarni bir subyektdan ikkinchisiga harakatlantirish jarayoni va ijtimoiy mahsulot almashinuvini yuzaga keltiruvchi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning ijtimoiy aloqalarining shaklidir.
Iste’mol – ishlab chiqarish natijalarini, talablarni qondirish uchun ishlatish jarayonidir.
Bu bosqichlarning hammasi o‘zaro aloqada va o‘zaro harakatda bo‘ladilar.
Ammo inson xo‘jalik faoliyatining ushbu bosqichlarining o‘zaro aloqalarini ta’riflashdan avval, shuni ta’kidlash zarurki, har qanday ishlab chiqarish ijtimoiy va uzluksiz jarayondir: U doimiy ravishda takrorlanib, tarixan rivojlanadi – eng sodda shakllardan zamonaviy yuqori darajada unumdor ishlab chiqarishga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Ishlab chiqarishning bu tiplarining bir-biriga qanchalik o‘xshash emasligiga qaramasdan ishlab chiqarishga mansub bo‘lgan umumiy joylarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Umuman olganda ishlab chiqarish insonning predmetlariga va tabiat kuchlariga ularni u yoki bu ehtiyojlarini qondirishga moslashtirish maqsadidagi ta’siri jarayonidir.
Alohida shaxsning, turli guruhlarning, butun jamiyatning xo‘jalik faoliyati ma’lum bir sharoitlarda, ma’lum holatda iqtisodiy muhitda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |