Reklama.
Agar muvaffaqiyatli reklama kompaniyasi o‘rnini bosuvchi tovarlar bor tovar uchun (masalan, kofening ma’lum bir navi) o‘tkazilsa, bu raqobatlashuvchi tovarlarga bo‘lgan talabning qiyshiq chizig‘ining chapga ko‘chishiga olib kelishi mumkin. Reklamaning maqsadi reklama qilinayotgan tovarga bo‘lgan talabning qiyshiq chizig‘ini o‘ngga ko‘chirishdadir.
Haqini ma’lum muddat davomida to‘lash sharti bilan qilinadigan xarid.
Uzoq vaqt davomida foydalaniladigan ko‘p tovarlar esa uni ma’lum muddat davomida to‘lab borish sharti bilan xarid qilinadi. Ularga bo‘lgan talab bunday savdo qanday shartlar asosida qilinayotganiga sezilarli darajada bog‘liqdir. Agar bu sharoitlarni qabul qilish xaridor uchun qulay bo‘lsa, badallar kamaytirilsa, ssudani qaytarish muddati uzaytirilsa, ko‘plab tovarlarga bo‘lgan Talabning qiyshiq chizig‘i o‘ng tomonga ko‘chadi. Agar ma’lum muddatda haqini to‘lash sharti bilan tovar sotishdagi sharoitlar xaridorlar uchun kamroq qulayliklarga ega bo‘lsa, teskari vaziyat yuzaga kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |