Milliy hisoblar tizimi
Milliy schet (hisob)lar tizimi (MHT) mamlakatning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini baholashning xalqaro standartidir. Uning tarkibiy qismlari quyidagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardir:
1. Yalpi milliy mahsulot.
YaMMni mamlakatda yaratilgan mahsulotlarga ketgan xarajatlar va mahsulot ishlab chiqarish natijasida olingan daromadlar bo‘yicha hisoblab chiqarishning usullari ishlab chiqilgan:
Xarajatlar bo‘yicha hisob-kitoblar
GNP=C+I+G+X
GNP – Yalpi milliy mahsulot;
I – investitsiyalar;
C – iste’mol;
G – hukumat xarajatlari;
X – sof eksport;
C – harfi bilan belgilangan iste’mol xarajatlari uy xo‘jaliklarini tovar va xizmatlarining har xil turlariga ketkazgan xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.
I – investitsiyalarga ketgan xarajatlar – bu investitsion tovarlar hisoblanuvchi uskunalar, ishlab chiqarish binolari, moddiy-texnik zaxiralar, uy-joy qurilishiga ishlatiladigan xarajatlar va amortizatsiya xarajatidir;
G – davlat xarajatlari bo‘lib, davlatning bevosita tovarlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltiriluvchi xarajatlarni birlashtiradi;
X – sof eksport – bu eksport va import hajmlari o‘rtasidagi farq.
Dostları ilə paylaş: |