Iqtisodiyot – cheklangan Iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va etkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog’liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi Iqtisodiy tizim.
Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyat.
Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to’plangan va mavjud bo’lgan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchilarga etkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar, qo’r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir