50. Agrar munosabatlar nima? a) qishloq xo’jaligida va ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqa va munosabatlar;
v) erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan barcha munosabatlar;
g) iqtisodiy qonunlarning tabiat qonunlari bilan bog’lanib ketishi;
d) barcha javoblar to’g’ri.
51. Renta tushunchasi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan? a) erdan foydalanganlik uchun uning egasiga to’lanadigan haq;
b) er bahosining o’zgarishi;
g) erga bo’lgan talab va taklifning o’zgarishi;
d) barcha javoblar to’g’ri.
52. Er rentasi darajasini belgilab beruvchi asosiy omilni aniqlang? a) erga bo’lgan talab;
b) shu erda etishtiriladigan mahsulot bahosi;
g) qo’llaniladigan boshka resurslar bahosi;
d) yuqoridagilarning barchasi.
53. Agrosanoat integratsiyasi nima? a) qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, uni qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari majmuasi;
b) ishlab chiqarishning to’planishi va kapitalning markazlashishi;
v) qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotini iste’molchiga etkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi hamda ularning uzviy birikib borish jarayoni;
d) yuqoridagilarning barchasi.
54. Agrar siyosatning muhim masalasi - negizi nimada? a) erning hosildorligini ko’tarish;
v) fermer xo’jaligini rivojlantirish;
g) irrigatsiya-melioratsiya ishlarini yaxshilash;
d) ijara to’g’risidagi qonunni qabul qilish.
55. Makroiqtisodiyot qaysi darajadagi iqtisodiyot? a) butun xalq xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyot;
b) iqtisodiyotning davlat sektori;
g) iqtisodiyotning xususiy sektori;
d) butun milliy va jahon iqtisodiyoti.
56. Yalpi milliy mahsulot tushunchasi: a) yil davomida moddiy ishlab chikarish sohalarida yaratilgan barcha mahsulotlar qiymati;
v) oraliq mahsulotlar qiymati;
g) bir yil davomida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor bahosida hisoblangan hajmi;
d) investitsion va iste’mol tovarlari qiymati.