Mamlakat to‘lov balansining taxminiy ko‘rinishi (raqamlar shartli)
Moddalar nomi
Kredit (+) yoki eksportdan tushumlar
Debet (-) yoki import uchun xarajatlar
Sof kredit yoki sof debit
Joriy operatsiyalar xisobi
Tovarlar
+185
-260
-75
Tashki savdo balansining koldig‘i
-75
Xizmatlar
+85
-97
-12
Invyestitsiyalardan daromadlar (foizlar va divyedyentlar)
+28
-20
+8
Transfert kurinishidagi pul o‘tkazmalari
+10
-18
-8
Joriy operatsiyaalar buyicha balansning qoldig‘i
-87
Kapital xarakatning hisobi
Invyestitsiyalar va boshqa o‘rta va uzoq muddatli capital
+150
-87
+63
Kapital harakati balansining qoldig‘i
+63
Joriy operatsiyaalar va kapital harakati buyicha balansning qoldig‘i
-24
Rasmiy zahiralar (oltin, XFVdagi zahiralar)
+24
+24
To‘lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo‘linadi: joriy operatsiyaalar va kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyaalar (1-jadval). Shunga ko‘ra to‘lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat:
1. Joriy operatsiyaalar hisobi;
2. Kapital harakati hisobi.
Joriy operatsiyaalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plus», import esa «minus» ishoralari bilan byelgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyaalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debyet sifatida ko‘rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi.