Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv qobiliyati, axborot



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə133/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158
Mikroiqtisodiyot

Tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv qobiliyati, axborot – biror ob’ekt to’g’risida va unda bo’layotgan jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar.
Taklif – bu ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan berilgan narxlarda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori.
Taklif qonuni – to’g’ridan-to’g’ri narx o’zgarishi bilan bog’liq holda taklifning o’zgarishi.
Taklif funktsiyasi– taklifga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Taklif chizig’i – tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Talab (demand) – berilgan narxlarda haridorlar tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori.
Talab qonuni – narxdan boshqa omillar o’zgarmaganda talab miqdori bilan narx o’rtasidagi bog’liqlik.
Talab funktsiyasi– talabga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan talab miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Talab chizig’i– tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Transaksion harajatlar– bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bog’liq harajatlar.
To’ldiruvchi tovarlar– birgalikda, komplektlarda iste’mol qilinadigan tovarlar.
To’lov funktsiyasi – o’yin natijasi bo’lib o’yinchining yutug’ini yoki yo’qotishini bildiradi.
Umumiy muvozanatlik – barcha bozorlarning o’zaro bir-biriga ta’siri natijasida o’rnatiladigan muvozanatlik. Barcha bozorlarni muvozanat holatda bo’lishi. Bunda biror bozorda muvozanatlik buzulsa boshqa bozorlarda ham muvozanatlilik buziladi.
Umumiy naflik – iste’mol qilingan ne’matlardan olingan jami naflik.
O’yin – oldindan belgilangan qoidalar asosida iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar (qarorlar qabul qilish).
O’yinlar nazariyasi – fan yo’nalishi bo’lib u o’yin qatnashuvchilarining vaziyat bo’yicha harakat qilish va qaror qabul qilishni matematik usullar yordamida o’rganadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin