Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə15/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   158
Mikroiqtisodiyot

Taklif chizig’i  (suply) qancha miqdorda va qanaqa ishlab chiqarish narxida tovarning bozorda sotilishi mumkinligini ko’rsatadi. Taklif chizig’i qancha yuqoriga ko’tarilsa, shuncha narx yuqori bo’ladi va shunga ko’p firmalar mahsulot ishlab chiqarib, sotish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da’vat etadi, bozorga yangi firmalarni o’z mahsuloti bilan kirib R kelishini ta’minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentabel bo’lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bo’ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig’ida intensiv bo’lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
Talab chizig’i  (Demand) iste’molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig’ining pastga ketishi, iste’molchilarning narx qancha past bo’lsa, ular shuncha ko’p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, haridorlarga yanada ko’proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib ololmayotgan iste’molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi.
Ko’pgina bozorlarda bir vaqtning o’zida ham talab, ham taklif egri chiziqlari o’zgarib turadi. Iqtisodiy o’sish yuqori bo’lganda iste’molchilar daromadi yuqori bo’ladi, aks holda daromadlar ham kamayadi. Ba’zi bir tovarlarga bo’lgan talab ham vaqt bo’yicha o’zgaradi, masalan, mavsumlar bo’yicha tovarlarga talab; bir-birini o’rnini bosadigan tovarlardan birining narxini o’zgarishi; did va modaning o’zgarishiga qarab talabning o’zgarishi. Xuddi shunday, vaqt bo’yicha ish haqi, xom ashyo narxi, kapital mablag’ qo’yishlar ham o’zgaradi, natijada bu zgarishlar taklifga jiddiy ta’sir qiladi.
1. Biror bir tovarga bo’lgan talab va taklif funktsiyalari berilgan bo’lsin,

Sd=100-1.5P
Ss=20+0.5P
Berilgan funktsiyalardan foydalanib bozor muvozanatini aniqlang.
Echimi:
Bizga ma’lumki, bozor muvozanati talab va taklif hajmlari o’zaro tenglashganda ta’minlanadi. Se=SS=SD
Demak, 100-1.5P=20+0.5P2P=80Pe=40

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin