Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Barqaror narxni ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini cheklash siyosati



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə50/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158
Mikroiqtisodiyot

Barqaror narxni ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini cheklash siyosati. AQSH va Evropa davlatlarida minimal narxni o’rnatishdan tashqari, narxlarni barqarorlashtirishda ishlab chiqarish hajmini qisqartirishni yoki ishlab chiqarishni chekli rag’batlantirish siyosatlarini qo’shib olib boradi. Ayniqsa, bunday siyosat AQSHda qishloq xo’jaligi tizimi qo’llanadi.
Barqaror narxlarni ushlab turish. Rivojlangan davlatlarda barqaror narx ko’pincha sutga, tamaki va donga qo’llaniladi, bundan maqsad, ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning daromadlarini etarli darajada bo’lishini ta’minlash.
Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi). Davlatning bozor narxiga ta’sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko’tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo’yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo’lishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarni sotishga beriladigan litsenziyalarni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali spirtli ichimlikni sotish hajmini oshirish yoki qisqartirish mumkin. Sotish hajmining qisqarishi tovar narxini kerakli darajaga oshirish imkonini beradi.
Mikroiqtisodiyot tahlilning asosiy bosh miyasi yoki boshqasha etirof etganda yuragi bo’lib, iste’molchilar va sotuvchilarning bozordagi hatti-harakati, qaror qabul qilishlari hamda istiqbollarini tadqiq qilish hisoblanadi. “Bozor” so’zi bunday olib qaraganda juda oddiy va jo’n tushuncha bo’lib, ya’ni bu shunday maskanki bu yerda iste’molchilar va sotuvchilar bir-birlari bilan yuzma-yuz turishib tovar va xizmatlar almashadigan joy ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. Lekin yuqoridagi fikrlar, ya’ni sotish va sotib olish uchun joy degan tushuncha bozor atamasi to’g’risida mufassal tushuncha emas. Biznes bilan shug’ullanish uchun haridorlar va sotuvchilar uchun yuzma-yuz ko’rishishning xojati yo’q; bitim shunchaki telefon, internet va pochta xizmatlari orqali ham tuzilishi mumkin.
Jamiyat uchun bozor- ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol fazalari uchun xizmat qiladigan iqtisodiy mexanizmdir. Oldingi paragraflarda ta’kidlab o’tganimizdek, har qanday Jamiyat iqtisodiy masalalarni qay yo’sinda yechishidan qat’iy nazar to’rtta fundamental iqtisodiy savollarga javob axtarishga majbur. Bular,
1. Nima va qancha hajmda ishlab chiqarish kerak?
2. Ishlab chiqarishni qanday tashkil etish - qanday texnologiualar asosida, ishlab chiqarish jarayonlari uchun qanaqa resurslar va qancha miqdorda ishlatish kerak?
3. Kim va qancha miqdorda yaratilgan mahsulotga ega bo’ladi - ishlab chiqarilgan mahsulotlar aholining turli qatlamlariga qanday taqsimlanadi?
4. Agar tovarlar nomenklaturasi va ularni taqsimlash strukturasini o’zgartirishga vaqt yetganda, qanday choralarni qo’llash joiz?
Bozor munosabatlari sharoitida yuqoridagi savollarga iste’molchilar va sotuvchilar tomonidan manfaatlarini qondirish maqsadida mustaqil qaror qabul qilishlari orqali javob beriladi. CHunki, bozorli iqtisodiyot sharoitida turli mulkchilikka, xususan resurslar va ishlab chiqarish vositalari xususiy mulkka tegishli bo’lgani holda foyda olishga bo’lgan rag’bat hamda talab va taklif qonunlari asosida shakllangan erkin narxlar, sog’lom raqobat muhiti yaratilgan bo’ladi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak degan savol iste’molchilarning ehtiyoji orqali aniqlanadi. Nima uchun deganda, hech kimga kerak bo’lmagan va narxi judayam past bo’lgan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarib hech kim manfaat ya’ni foyda ko’rmaydi.
Ishlab chiqarishni qanday tashkil etish kerak degan savol esa, ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalarning unumdorligi va iqtisodiy resurslarni kam sarflab yuqori natijaga erishish printsiplarini yechish orqali amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni qanday taqsimlash kerak degan masala haridorlarning to’lov qobiliyati orqali yechiladi, bular o’z navbatida narx mexanizmiga bog’liq masalalardir.
Bozor shuning bilan birga iqtisodiy o’zgarishlarning mexanizmi bo’lib ham xizmat qiladi. Iste’molchilar xoxishining o’zgarishi, tovarlar sotib olish yoki sotib olmaslik to’g’risidagi qarorlari bozor talabiga, texnologik jarayonlar, resurslarning narxi ularga egalik qilish huquqi, raqobat va unumdorlik bozor taklifiga ta’sir ko’rsatadi. Quyidagi chizmada bozor jarayonining soddalashtirilgan ko’rinishi taklif etilgan.
Jamiyatning iqtisodiy sub’ektlari (uy xo’jaliklari, firmalar, davlat korxonalari) resurs egalari (er, mehnat, foydali qazilmalar, investitsion kapital) sifatida harakatlanadilar. Resurslar bozori orqali ular firmalar uchun ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beradilar. Resurslar bozorida ishlab chiqaruvchilar talab qiluvchilar bo’lib, sotib olgan ishlab chiqarish resurslari uchun haq to’lashadilar. Ushbu to’lovlar firmalar uchun xarajatlar tarkibini tashkil etsa, taklif qiluvchilar uchun esa ish haqi, renta, foiz, dividend va boshqa turdagi daromadlar bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan harid qilingan resurslar o’z navbatida tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi.
Ularning say harakatlari evaziga yaratilgan mahsulotlar tovar va xizmatlar bozorida taklif etiladi va talab qiluvchilar sifatida iste’molchilar namoyon bo’ladi. Tovar va xizmatlarni sotib olish uchun qilingan sarf xarajatlar ishlab chiqaruvchilarning daromadiga aylanadi. ---chizmadan ko’rinib turibdiki, bozor tizimining tayanchi bo’lib ishlab chiqaruvchilarning sotish va sotib olish to’g’risida mustaqil qaror qabul qilishlari, bozorni erkin tanlashlari va shaxsiy manfaatlarini ko’zlagan holda boshqalarga, ya’ni Jamiyatga foyda keltirayotganliklari bozor tizimining afzalliklaridan hisoblanadi. Ammo bozor mexanizmi –Jamiyatning iqtisodiy masalalarini echishning va boshqarishning yagona usuli emas.
1. Raqobatlashgan bozorda 270 ta firma faoliyat ko’rsatmoqda. Ular 2 guruhga mansub: 1- guruh, ya’ni A guruhda 150 ta firma bo’lib, har birining umumiy xarajatlar funktsiyasi quyidagicha berilgan:

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin