Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə63/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158
Mikroiqtisodiyot

Mahsulot turi


Komilovlar


Alimovlar


Soat

8

15



Telefon

10

12

Agar bir oydagi ish soati har bir oila uchun 240 soatni tashkil etsa, ularning alohida va umumiy ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i chizilsin.


13. Quyida Qozog’iston va Turkmaniston davlatlarining ishlab chiqarish quvvatlari haqidagi ma’lumot keltirilgan:


Davlatlar


1 tonna mahsulotga ketgan vaqt


Yillik vaqt fondi, soatda


Bug’doy


Paxta


Qozog’iston

24

30

2400



Turkmaniston

15

10

1500

a)Absolyut va nisbiy ustunlik haqida nima deyish mumkin?
b) Davlatlarning o’zaro savdosida bezarar savdo nisbatlari aniqlansin.
c)Qanday almashinuv ikki tomon uchun maksimal foyda beradi?
14. “Neft-benzin” ishlab chiqarish quvvatlari jadvalini qaraymiz. 4 ta chorak bo’yicha ham ishlab chiqarish sarflari o’zgarmas va mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo’lgan:


CHorak


Neft, mln t


Benzin, mln t

Birinchi


14

4.0

Ikkinchi


10

5.0

Uchinchi


7

5.7

To’rtinchi


5

6.1

Kelgusi chorakda 8 mln tonnadan kam bo’lmagan neft va 5.55 mln tonnadan kam bo’lmagan benzin mahsulotlarini resurslar xarajatini o’zgartirmagan holda ishlab chiqarish mumkinmi?


15. Firma faqat 2 turdagi mahsulot soat va sumka ishlab chiqaradi. Agar u bor imkoniyatini soat ishlab chiqarishga qaratsa 1 oyda 5000 ta soat ishlab chiqadi. Agar firma faqat sumka ishlab chiqarsa 2000 ta sumka ishlab chiqara oladi. Ikkala mahsulotdan bir vaqtda ishlab chiqarish imkoniyatlari jadvalda aks ettirilgan:


Ishlab chiqarish imkoniyatlari


Soat ishlab chiqarish hajmi, dona


Sumka ishlab chiqarish hajmi, dona

1

5000

0

2

4600

200

3

4000

400

5

3500

700

6

2500

1100

7

1100

1500

8

0

2000



Jadval ma’lumotlaridan foydalanib ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i chizilsin.
16. Xitoylik bir ishchi Fransiyaga bormoqchi. Xitoydan Fransiyagacha samolyot va poezd reyslari har kuni bo’lib, bu masofani samolyot 10 soatda, poezd esa 8 kunda bosib o’tadi. Ishchining ish kuni dushanbadan shanbagacha bo’lib, va har bir ish kuni uchun u 60 ming so’m ish haqi oladi. Samolyot chiptasi 900 ming so’m, poezdniki esa 450 ming so’m bo’lsa ishchi qaysi transport vositasini tanlasa unga arzonroq tushishi asoslansin.
Testlar
1.Iqtisodiyotda omillarning kamayib borish qonuni mavjuddir. Qanday qilib, ushbu holatda iqtisodiy o’sishga erishish mumkin?
a)iqtisodiy omillar juda kam talab qilinadi;
b) qo’shimcha omillarning o’sishi yalpi mahsulot hajmini oshirmaydi, balki qisqartiradi;
v) resurslarni oshirish zarur, ammo qo’shimcha birlik kiritilgan resursning narxi oshib boradi;
g)yana va yana ko’plab resurslar talab etiladi;
d) to’g’ri javob yo’q.
2.Agar iqtisodiy muammolarning bir qismi bozor, bir qismi hukumat tomonidan hal etilsa, bunday iqtisodiyot:
a)ma’muriy;
b) bozorli;
v) natural;
g)aralash deyiladi;
d) to’g’ri javob yo’q.
3.Hamma iqtisodiy tizimlar uchun fundamental muammo bo’lib hisoblanadi, bu:
a)investitsiya;
b) ishlab chiqarish;
v) iste’mol;
g)noyoblik va taqchillik;
d) to’g’ri javob yo’q.
4.Har qanday iqtisodiy tizimlarda “nima”, “qanday” va “kim uchun” degan fundamental savollar mikro va makro darajada hal etiladi. Quyida tuzilgan savollardan qaysi biri mikroiqtisodiyot darajada hal etiladi:
a)to’liq bandlik darajasiga qanday qilib erishiladi?
b) nima va qancha ishlab chiqarish kerak?
v) inflyatsiyadan qanday qutulish mumkin?
g)iqtisodiy o’sishni qanday rag’batlantirish mumkin?
d) to’g’ri javob yo’q.
5. Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi nechta tamoyillar orqali echiladi?
a)2 ta;
b) 3 ta;
v) 4 ta;
g)5 ta;
d) to’g’ri javob yo’q.
6. Transaktsion xarajatlar bu-
a)bozorni o’rganishdagi xarajatlar;
b) tovarlar xususiyatini aniqlash bilan bog’liq xarajatlar;
v) tovar almashish sohasidagi xarajatlar;
g)o’zaro kelishuv va uchrashuvlar bilan bog’liq xarajatlar;
d) barcha javob to’g’ri.
7. Agar 10 ta soat ishlab chiqarish o’rniga bir kunda 20 ta sumka ishlab chiqarish imkoni bo’lsa, sumka ishlab chiqarishning soat ishlab chiqarish bilan bog’liq chekli trancformatsiya koeffitsenti qanday bo’ladi?
a)2 ;
b) -2;
v) 0.5;
g)0.25;
d) to’g’ri javob yo’q.
8. Fermer har yili 100 t paxta va 300 t bug’doy yetishtiradi. Fermer uchun 1 t paxta yetishtirishning al’ternativ xarajati 4 t bug’doyni yetishtirish xarajatiga teng. Fermer barcha imkoniyatlarini paxta yetishtirishga qaratsa maksimal necha tonna paxta davlatga topshira oladi?
a)150 t;
b) 175 t;
v) 200 t;
g)250 t;
d) to’g’ri javob yo’q.
9. Fermer har yili 200 t paxta va 800 t bug’doy yetishtiradi. Fermer uchun 1 t paxta yetishtirishning al’ternativ xarajati 5 t bug’doyni yetishtirish xarajatiga teng. Fermer barcha imkoniyatlarini bug’doy yetishtirishga qaratsa maksimal necha tonna paxta xom ashyosini davlatga topshira oladi?
a)1800 t;
b) 2000 t;
v) 2200 t;
g)2400 t;
d) to’g’ri javob yo’q.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin