uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi
xarajatlarni kamaytirish orqali foydani koʻpaytiradi. Shu sababli foydani koʻp olish sharti — mehnat
unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda foydaning daromaddagi
hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor
narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, foyda ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik
beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi foyda koʻrish mumkin emas. Har qanday firma foydani
eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, foyda miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga
soladi.
foydaning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi va massasidir. foyda normasi (Gʻ") nisbiy koʻrsatkich boʻlib,
kapital qanday
ishlatilib, qanday foyda koʻrilganini bildiradi va u orqali foyda (F) kapitalning (K) ning qanday
qismiga tengligi aniqlanadi.
foyda koʻrilgan. foyda normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. foyda koʻrish
tadbirkorlikning maqsadi boʻlganidan har doim foyda normasini oshirishga intilish saklanib qoladi.
foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. foyda massasi qanchalik koʻp boʻlsa, foyda shunchalik
maksimumlashgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: