IShSIZLIК - sog’lig’i yoki yoshi jihatidan ishga layoqatli kishining ish o’rnini yo’qotib beish bo’lib qolishi. Ishsizlik uch xil ko’rinishda uchraydi: 1. Ixtiyoriy ishsizlik (boshqa hududga ko’chish, o’qishga kirish, bolani parvarish qilish kabi sabablarga ko’ra ishdan bo’shashi natijasida yuzaga keladi). 2. Tarkibiy ishsizlik (ayrim kasblar, ish turlariga bo’lgan talabning susayishi natijasida yuzaga keladi). 3. Davriy ishsizlik (ayrim hududlar va tarmoqlarda ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishi natijasida yuzaga keladi).