1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
ME’YORIY MAHSULOT - bir ishlab chiqarish omilini, qo’shimcha birligini sarf qilinishi bilan yaratilgan qo’shimcha mahsulot, bunda ishlab chiqarishni boshqa omillari o’zgarmasdir. Ishlab chiqarish omillarini har qanday narhining asosida me’yoriy mahsulot yotadi.
ME’YORIY NAFLILIК - har bir keyingi xarid qilinayotgan tovar va xizmatlarni iste’molchi uchun keltiradigan orttirma nafi. Masalan, iste’molchi kutubxonasiga jahon klassiklari kitobini yig’adi. Кutubxonadagi hamma kitoblarni yig’indisi umumiy naflilini tashkil etadi, u har bir yangi kitobni xarid qilishi bilan ortib boradi. Me’yoriy nafni har bir xarid qilinadigan, aytaylik, Furqat asarlarining navbatdagi kitobini xarid qilishdan kelgan naf tashkil etadi.