SMM — biznesga egri soliq= milliy daromad.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab chiqarilgan MD — bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi. Foydalaiilgan MD — bu ishlab chiqarilgan MD dan yo'qotishlar (tabiiy ofatlar, saqlashdagi yo'qotishlar va h. k.) va tashqi savdo qoldig'i chiqarib tashlangan miqdorga teng.
Bizning amaliyotda MD iste'mol va jamg'arish fondiga ajratiladi. Iste'mol fondi bu milliy daromadning jamiyat a'zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtyojlarini (ta'lim, mudofaa va h. k. ) qondirishni ta'minlashga ketadigan qismi. Jamg'arish fondi — bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishii ta'minlaydigan qismi.
Milliy daromadni, daromadaar barchaturlarini (amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qushib chiqish yo'li bilan ham aniqlash mumkin.
Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy straxovaniyaga ajratmalar, korxona foydasiga soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo'jaliklari qo'liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo'jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to'lovlar - ular qilgan mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko'rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo'jaliklari qo'liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo'shishimiz zarur.
Dostları ilə paylaş: |