Iqtisodiyot nazariyasi


-§. O'zbskistonda makroiqtisodiy barqarorlikni



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə195/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

4-§. O'zbskistonda makroiqtisodiy barqarorlikni

ta'miplash, va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish vazifalari
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo'lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishiga muqarrar qilib quyadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo'lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanish butunlay inqirozga uchrashiga chap berish uchun ishlab chiqarshi chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o'zgartirishiga, ya'ni tangli hodisalariga barham berishga yo'naltiriladi. Rsspublikada barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanati saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajadaa pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga no'l ko'ymasliqdan iborat bo'ladi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasining boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to'lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlarni ham uz ichiga oladi.

Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqish jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga oliiib ishlab chiqarish sohalariga o'simlik beriladi. Modsiy ishla chiqarish sohalarining rivojlaiishida ularni tarkibiy qayta qurish ham ko'zda tutiladi. Bunda asosiy e'tibor katta istiqbolga ega bo'lgan, butui xalq xo'jaligining rivojlanish tamoyillariii belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratiladi.

Prezideitimiz I.A. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek «Tarkibiy tuzilishda chuqur o'zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O'zbekistonning barqaror iqtisodiy o'sishini va aholi farovonligini ta'minlashning, jahon iqtisodiy tizimi qo'shilishning eng asosiy shartlaridan biridir.»

Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishni orqaga ketshiiga barham berish eng muhim maqsad bo'lib qoladi. Shu sababli rsspublikamizda kekingi yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash orqali iqtisodiy o'sishga erishildi. 1998 yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot 1997 yilga nisbatan 104.4 foizni tashkil etadi.

Sanoatda muayyan ijobiy tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilishi natijasida, uning mahsuloti 1998 yil oldingi 01ga nisbatan 105,8 foizni tashkil qildi. Sanoatning yetakchi asosiy tarmoqlari ayniqsa barqaror rivojlandi.

Tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo'jalik majmuasini bunyod etish birinchi navbatda eng muhim maroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solishni zarur qilib qo'yadi. Bunda asosiy e'tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi.

Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlari odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishdni ta'minlash katta ahamiyatga ega.

Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiii o'zgarirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulox tayyorlashga kstadigan jami xarakatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.

Iqtisodiyot tuzilishidaga o'zgartirshilar, chetdan mahsulot olib kelishi qisqarishi, xalq xo'jaligi xom ashyo yetishtirishga qaraltilgan bir tomonlama yo'nalishini bartaraf etishi va uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqlar ichidaga va xududiy jihatdan vujudga kslgai nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta'minlash vazifalarini hal etish bilan bog'liqdir.

Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzishidagi o'zgarishlar respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratiladi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o'zak tarmoqlarni neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgaya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo'jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalariga rivojlantirishga ustunlik beriladi.

Xalq xo'jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o'zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste'mol bilan jamg'arish fondi o'rtasida eng maqbul mutanosiblikni ta'minlash asosiy o'rin tutadi. Iste'mol fondining eng maqbul darajasiga erishish ichki bozorda talab bilai taklif o'rtasida nomutanosiblikni ta'minlash muhim rol o'ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko'proq e'tibor beradi.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e'tibor beriladi.

Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e'tibor berib, bunda o'z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan foydalanish ko'zda tutiladi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.

Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlar sifatida qaraladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin