Iqtisodiyot nazariyasi


-§. Ishsizlik va uning turlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə201/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

2-§. Ishsizlik va uning turlari.

Ishsizlik darajasini aniqlash
Mehnatga layoqatli bo'lib, ipmashni xohlagan, lekin ish bilan ta'minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo'lish xarakteri va vujudga kelish sabablariga ko'ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, ixtiyoriy, institutsonal, tnxnologik, regional, yashirin va turg'un turlarga bo'linadi.

Friksion ishsizlarga ish joyini o'zgartirgan, yangi yashash joyga ko'chib o'tish va ishdan bo'shashi munosabati bilan ish izlayotgan, vaqtinchalik mavsumiy idshli yo'qotgan kishilar kiradi.

Friksion ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb nomlanuvchi ikkinchi kategoriyaga osonlik bilan o'tadi. Vaqt o'tishi bilan iste'molchilik talabi va texnologiya tarkibida muhim o'zgarishlar ro'y beradi, bu o'z navbatida ishchi kuchiga bo'lgan umumiy talab tarkibini o'zgartiradi. Bunday o'zgarish natijasida kasblarning ayrim turlariga talab kamayadi yoki umuman talab bo'lmaydi. Oldin mavjud bo'lmagan boshqa yangi kasblarga talab ortadi. Ishchilar bunga tez moslasha olmasligi va uning tarkibi ish joylarining yangi tarkibiga to'liq javob bermasligi sababli tarkibiy ishsizlik kelib chiqadi.

Shunday qilib tarkibiy ishsizlikni iste'molchilik talabi va texnologiyadagi o'zgarishlar tufayli iqtisodiyot tarmoqlarida ruy, beraditan tarkibiy siljishlar keltirib chiqaradi. Friksion va tarkibiy ishsizlik ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil kiladi. Siklik ishsizlik —iqtisodiy siklning inqiroz fazasi I bilan bog'liq bo'lib, ishsizlikning haqiqiy darajasi tabiiy darajadan farqlanishini ko'rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo'ladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin