Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqgisodiy resurslarni iste'molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste'molni bir-biriga bog'laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o'z iste'molchisshsh topadi. Bunda bozor vositachi bo'lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllar almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo'ladi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo'lib, ipshab chiqarishnin uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag'lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo'li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga eg bo'ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakat ta'minlanadi va ularning tarmoqlar o'rtasida taqsimlanish ro'y beradi. Iste'molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo'lgan talabini bildiradi. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o'rtasida taqsimlanib turadi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va baholar yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor baho vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta'minlaydi.
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o'zaro bog'liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning mazmunini to'laroq tushunmoq uchun uning turlarini va ichki tuzilishi bilish zarur.
Dostları ilə paylaş: |