Bitiruv malakaviy ishining maqsadi- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligining muhim segmenti bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning asosiy yo‘nalishlari va mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi: Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqqan holda ishda quyidagi vazifalarni hal etish ko‘zda tutilgan:
turli iqtisodiy qarashlar va uslubiy yondashuvlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida jahon xo‘jaligi aloqalarining globallashuvi sharoitida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning mohiyati va iqtisodiy ahamiyatini ochib berish;
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning mezon va
ko‘rsatkichlarini ilmiy jihatdan asoslash hamda uning tashqi iqtisodiy omillarini tahlil qilish;
tizimli yondashuv asosida O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash sohasida mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar tayyorlash;
qo‘llaniladigan mexanizm va dastaklarni tahlil etish asosida ulardan O‘zbekiston sharoitida foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
3
mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi va tashqi iqtisodiy aloqalarning jadallashib borishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ob‟ekti: Tayloq tumanida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari
Tadqiqot predmeti: oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha jahon amaliyotida qo‘llaniladigan mexanizm va dastaklarni tahlil etish asosida ulardan Tayloq tumanida foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;