“Iqtisodiyot va servis” kafedrasi “Mikroiqtisodiyot” fanidan


 KORXONA YOKI FIRMALARDA FOYDANI HISOBLASH



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix11.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#128538
1   2   3   4   5   6   7
Erkinjon mikroiqtisodiyot

2. KORXONA YOKI FIRMALARDA FOYDANI HISOBLASH 
USLUBLARI. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik 
shaxs bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy 
shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini 
aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.
Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab 
chiqishda paydo bo‘ladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular 
faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash 
buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi.
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 
11 martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 10-11-son, 115-modda) 
Nizomda xarajatlarni guruhlash va moliyaviy natijalarni shakllantirishning 
asosiy qoidalari mavjuddir.
(«umumiy qoidalar» bo‘limining to‘rtinchi va beshinchi xatboshi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 martdagi 63-sonli qaroriga 
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009 y., 10-11-son, 115-modda)
Mazkur Nizom asosida ayrim tarmoqlar xarajatlari tarkibi va ularni hisobga 
olish xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq 
qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tegishli vazirliklar va idoralar xo‘jalik 
birlashmalari (korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqalar) 
tomonidan aniqlanadi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 
oktyabrdagi 444-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003 y., 19-son, 183-modda ) 


15 
Moliyaviy natijalarni shakllantirish
Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida 
xarajatlarni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini 
(foyda yoki zararni) aniqlashga yo‘naltirilgandir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning 
quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
— mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum 
bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida 
aniqlanadi:
YaF=SST-IT,
bunda,
YaF — yalpi foyda;
SST — sotishdan olingan sof tushum; 
IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
— asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi 
foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan 
boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda;


16 
DX — davr xarajatlari; 
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan 
olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus 
zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF=AFF+MD-MX,
bunda,
UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; 
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari;
— soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan 
foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus 
zarar sifatida aniqlanadi:
STF=UF+FP-FZ,
bunda,
STF — soliq to‘langungacha olingan foyda; 
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar; 
Oldingi tahrirga qarang.


17 
— yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 
ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar 
to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi: 
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 
martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 10-11-son, 115-modda)
SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF — sof foyda; 
Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va uni iste‘molchilarga yetkazib berish 
bilan bog’liq barcha sarflar ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi 
materiallar, yokilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital 
amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa 
xarajatlar kiradi. 
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot 
tannarxini tashkil qiladi,
ya‘ni: T = C + V + M (1)dan C + V yig’indi ishlab chiqarish xarajatlari yoki 
tannarx deb yuritiladi. 
ICHX = C + V yoki TMTN = C + V (2)ni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari ikki qismga bo’linadi: 
1. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari
2. Muomala xarajatlari. 


18 
Ish ҳaқi
Xomashyo xarajatlari
Amortizatsiya va ҳ.қ.
Yoқilғi va moylash materiallariga xarajatlari
Қўshimcha muomala xarajatlari
Sof muomala xarajatlari
Muomala xarajatlari
Ishlab chiқarish xarajatlari
Ushbu chizmada xarajatlarning namoyon bo’lishi ko’rsatilgan muomala 
xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni 
ishlab chiqaruvchidan olib, iste‘molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga 
aytiladi.
Muomala xarajatlari ikki guruhga bo’linadi:
1. Qo’shimcha muomala xarajatlari 
2. Sof muomala xarajatlari.
Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash 
xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. 


19 
Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar 
qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin 
olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste‘molchilar talabini 
o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari 
tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni 
sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi. 
Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o’z resurslari 
yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki 
tashqi xarajatlarga bo’linadi.
Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko’ra turkumlanishini chizmada tasvirlash 
mumkin: 
- Ichki xarajatlar
- Bino-inshoot amortizatsiyasi
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq 
xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan 
to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlar summasidir.
SHu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov 
– normal (me‘yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy 
qismi hisoblanadi. 
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda – bu iqtisodiy 
resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag’batlantirib turish uchun to’lanadigan 
haq hisoblanadi.


20 
Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy 
faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi. 
Ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga ta‘sir qilish yoki qilmasligiga qarab 
xarajatlar doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta‘sir 
qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Bunga korxonaning to’lov 
majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish 
hajmiga bog’liq bo’lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash 
xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari 
maoshi va boshqa xarajatlar kiradi. 
O’zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta‘sir 
qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yoqilg’i-transport xizmati, 
ishchilar ish haqi va boshqa sarf-xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar 
yig’indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya‘ni xarajat 
qilinadigan pirovard natija olinguncha o’tgan davr sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Vaqt 
omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda 
alohida tahlil qilinadi. Korxona ishlab chiqarish hajmini o’stirish uchun qisqa davrda 
faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi мумкин. Bu qisqa 
muddatli xarajatlardir.
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha 
band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan davrdir.
Ishlab chiqarish rivojlanib borishi uchun ishlab chiqarishni o’rtacha xarajatlari 
kamayishi lozim, unga quyidagi omillar ta‘sir qilib boradi:


21 
1. Mehnatning ixtisoslashuvi 
2. Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi
3. Kapitaldan samarali foydalanishi 
4. Qo’shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarishi.
Vaqt o’tishi bilan firmaning mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining 
o’sishiga olib kelishi mumkin. Firmalar faoliyati yiriklashib, kengayib borish, 
firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish va muvofiqlashtirishga harakat qilish 
va uni boshqarishda qiyinchiliklarni kamaytirib chiqaradi. O’rtacha hajmdagi 
korxonada bitta yagona boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha muhim 
qarorlarni shaxsan o’zi qabul qiladi, shu boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish 
jarayonini tezlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq va samarali qaror chiqara oladi. 
Firma miqyosini kengayishi bilan bunday holat o’zgaradi. Buning natijasida 
ma‘muriy xodimlar va ishlab chiqarish jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv 
qatlamlari ko’payib boradi, yuqori rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish 
jarayonidan alohidalashib qoladi Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish 
uchun zarur bo’lgan barcha ma‘lumotlarni yig’ish, tushunish va qayta ishlash bir 
kishi uchun imkon darajasidan tashqarida bo’ladi. Boshqaruv apparatining 
chuqurlashuvi 
va 
kengayishi 
esa 
axborot 
almashishuvi, 
qarorlarni 
muvofiqlashtirishdagi muammolarni hamda byurokratik holatni keltirib chiqaradi, 
boshqaruvning turli bo’g’inlari tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid 
kelish ehtimoli kuchayadi. Natijada samaradorlikka putur yetib, ishlab chiqarishning 
o’rtacha xarajatlarni oshiradi. Boshqacha aytganda, barcha resurslar miqdorining 10 
foizga o’sishi ishlab chiqarish hajmining nomuvofiq ravishda, aytaylik 5 foizga 
o’sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining o’sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara ikki 
holat o’rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi. Bu ijobiy va salbiy miqyosdir. Bu ikkala 


22 
chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning 10 foizga o’sishi ishlab chiqarish 
hajmining mutanosib ravishda 10 foizga ko’payishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli 
boshqarish bo’yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish 
imkoniyatini beradi. Bu samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab 
chiqarish harajatlarining kamayishiga imkoniyat yaratib beradi.
Korxona faoliyatiga baho berilganda, eng avvalo mehnat faoliyatining biron bir 
turiga ixtisoslashgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga sarf qilingan xarajatlar, 
hosil qilingan daromad va olingan foyda miqdoriga e‘tibor qaratiladi. 
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar hamda 
ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib 
tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deb yuritiladi. 
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi. 
Birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yalpi qiymatning 
yaratilish chog’ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi 
qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda 
shaklida namoyon bo’lmaydi.
Ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni 
sotgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishda to’liq 
namoyon bo’ladi. 
Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul 
daromadlariga, undagi qo’shimcha qiymati esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib 
turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha 
qiymatdir.


23 
Fich = Hy –T (1) 
Ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu maxsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi 
(Hy) o’rtasidagi farqdan iborat.
Ushbu formuladan ko’rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita 
asosiy omilga bog’liq bo’ladi: 
1. Mahsulot tannarxi darajasi (c + v);
2. Ulgurji narxlar darajasi. 
Tannarx – bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning 
puldagi ifodasidir: c + v + m > c + v.
Tannarx bu mahsulot qiymatidan kichikdir. Mahsulot qiymati (MQ) o’z ichiga 
sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (Qiv), hamda yangidan yaratilgan 
qiymatni (Qya) to’liq oladi. 
Demak, MQ = Qiv+ Qя (2).
O’z navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi (IH) yalpi foydaga (Fya) 
ajraladi:
Foyda miqdoriga ta‘sir ko’rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o’z maxsulotlarini 
sotuvchi narx darajasi bo’lib, bu o’rinda mahsulot narxi.


24 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin