Iqtisodiyot va ta'lim / 2022 yil 1-son 105 References



Yüklə 135,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix24.12.2023
ölçüsü135,71 Kb.
#192287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MENEJMENT VA MARKETING


Iqtisodiyot va ta'lim / 2022 yil 1-son
108
log va iqtisodchi Y. Shumpeter o‘zining «Iqtisodiy 
rivojlanish nazariyasi» kitobida “tadbirkor iqtisodiy 
omil sifatida ahamiyati bo‘yicha kapital, mehnat va 
yer bilan bir xil darajada turadi”[13], deb ta’kid-
lagan. 
Кorporativ boshqaruv sohasidagi O‘zbekiston 
olimlari va mutaxassislarining ta’kidlashicha, mam-
lakatda korporativ munosabatlarning rivojlanish 
jarayoni umuman olganda bozor munosabatlariga 
o‘tish yo‘llari va ularning iqtisodiy rivojlanish xusu-
siyatiga ta’siri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq jihatlar-
ga tobora ega bo‘lib bormoqda. Aynan iqtisodiyot 
tarmoqlarida olib borilgan islohotlar jarayoni ko‘p 
jihatdan davlatning qonunchilik tizimi xususiyatlari, 
iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik shart-sharoitlari 
bilan bog‘liq bo‘lgan holda Aksiyadorlik jamiyatlari-
da korporativ boshqaruv modelini shakllanishi va 
rivojlanishi bilan bog‘lanadi. Shulardan kelib chiqib 
ishida milliy korporativ boshqaruv tizimini takomil-
lashtirish va uning samarali faoliyat ko‘rsatishini 
ta’minlovchi tamoyillarga mos vazifalari asoslangan 
(1-rasm).
Кorporativ boshqarish tamoyillari talablarini 
to‘liq bajarish Aksiyadorlik jamiyatiga eng kam sarf-
xarajat bilan katta miqdorda uzoqqa mo‘ljallangan 
investisiyalar jalb etishni, yangi innovatsion tex-
nologiyalarni faol joriy etishni ta’minlaydi. Shuni 
inobatga olganda korporativ boshqaruv organlari 
Aksiyadorlar huquqlarini himoyalash, ularga bir xil 
munosabatda bo‘lish, manfaatdor tomonlar ham-
korligini rag‘batlantirish, axborotlarni belgilangan 
vaqtlarda to‘liq ochib berish, korxona menejmentini 
nazorat qilishni ta’minlash bo‘yicha vazifalarni hal 
etishning samarali mexanizmlarini qo‘llashni talab 
etadi. Hozirgi paytda respublikamizda korporativ 
boshqaruv modelining takomillashtirish va uni sa-
marali yuritishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatayotgan 
omillar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin: 

mamlakatdagi barqaror makroiqtisodiy va-
ziyat va iqtisodiy siyosat; 

jamiyatda aktsiyalarga egalik qilishning 
muayyan tuzilmasi; 

moliyalashtirish manbalarining o‘zaro nisbati 

qonunchilik tizimi va huquqiy madaniyat-
ning rivojlanish bosqichlari va zamonaviy xususi-
yatlari; 

yuzaga kelgan ishbilarmonlik munosabatla-
ri amaliyoti; 

davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi 
va uning huquqiy tizimni tartibga solishdagi roli.

Yüklə 135,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin