1.2 O’zbekistonda turizmni rivojlantirish Belgilansinki, bunda ushbu transport vositalariga davlatning roʻyxatga olish raqam belgilarining alohida seriyalari beriladi va ulardan tegishincha faqat Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hududida foydalanishga ruxsat etiladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi uch oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
a) Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida turistik zonani yaratish va rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini:
yangi “Orom qirgʻogʻi” (“Leisure Coast”) turistik zonasida suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish;
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga yoʻlovchilarni tashish uchun temir yoʻllarni yotqizish qiymatining dastlabki hisob-kitoblarini qilish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, doimiy avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish;
tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirish;
b) Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Toʻdakoʻl koʻli hududida turistik zonani tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish, temir yoʻl stansiyalarini qurish maqsadga muvofiqligini oʻrganish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, koʻlga yoʻlovchilarni tashish uchun doimiy avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini;
v) Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda Zomin tumanida umummavsumiy, qishki va yozgi dam olish maskanlarini tashkil etish boʻyichachora-tadbirlar rejasini.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligining quyidagi loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
fuqarolarning faol dam olishini tashkil etish (shaharda yurish, terrenkur, trekking va xayking), kasallanish darajasini, shu jumladan, yurak xastaliklarini kamaytirishni nazarda tutuvchi “Piyoda turistik marshrut”;
xorijiy mamlakatlar fuqarolariga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarni tizimlashtirish va turlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi “Uzbekistan – hope and healing land” (“Oʻzbekiston – umidli va shifobaxsh zamin”) tibbiy turizm dasturini rivojlantirish;
respublikaning madaniy meros obyektlari hududlarida belgilanmagan joylarda chiqindi tashlaganlik uchun jarimalarni oshirish, elektr taʼminotiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish, chiqindini utilizatsiya qilish, suv resurslaridan unumli foydalanishni nazarda tutuvchi “Clean&Eco”.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Gʻishtkoʻprik” (Toshkent viloyati) va “Xayraton” (Surxondaryo viloyati) xalqaro nazorat-oʻtkazish punktlarida mavjud infratuzilma doirasida chegaradan tezkor oʻtish mexanizmlari – “Fast track” xizmatini quyidagilarning tashkil etilishini nazarda tutgan holda joriy qilsin:
avtotransport vositalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslarning navbatdan tashqari pasport va bojxona nazorati jarayonlarini tezlashtirgan tartibda amalga oshirish uchun alohida yoʻlak;
jismoniy shaxslarning dam olishi va hordiq chiqarishi uchun shart-sharoitlar, shu jumladan, onalar va bolalar xonalari, ovqatlanish shoxobchalari hamda tijorat banklari filiallarini tashkil qilish va valyuta ayirboshlash uchun bankomatlar oʻrnatgan holda “VIP” zallar.
Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
a) “VIP” zallarni qurish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi;
b) “Fast track” xizmati pullik asosda, shu jumladan, chegarani kesib oʻtishdan oldin 90 kun mobaynida oldindan toʻlov qilish yoki mobil ilovalar orqali toʻlash imkoniyatini yaratgan holda amalga oshiriladi;
v) xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
80 foizi – Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobiga;
20 foizi – Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari hisobiga.
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro nazorat-oʻtkazish punktlarida “Fast track” xizmatini joriy qilish, ularning oʻtkazish oqimini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan grafik asosida amalga oshiriladi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining mamlakatdagi turistik zonalarga avtotransport vositalari (jamoat va maxsus transportlar, shuningdek, turistik zonalar hududida yashovchi aholining avtotransport vositalaridan tashqari) bilan kirish uchun yigʻim undirish mexanizmini joriy qilish boʻyicha takliflariga rozilik berilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin:
xorijiy oshxona yoki alohida yoʻnalish boʻyicha ixtisoslashgan tematik ovqatlanish shoxobchalarini, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha xizmatlarni tashkil etish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga grantlar ajratish;
yangi turizm mahsulotlari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish va targʻib qilish uchun gid va turoperatorlarga grantlar ajratish;
turizm sohasi subyektlarining foiz xarajatlarini subsidiyalash;
joylashtirish boʻyicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash;
turoperatorlar va turagentlarga Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan va xizmat koʻrsatilgan har bir xorijiy turist uchun ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratish;
havo va temir yoʻl chiptalari uchun turoperatorlarning xarajatlarini qisman subsidiyalash;
mehmonxonalarning toifa olish va uni koʻtarish uchun renovatsiya, rekonstruksiya hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha xarajatlarini qoplash;
turizm maqsadida yoʻlovchi tashuvchi yangi dor yoʻllarini qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarini qoplashga mablagʻ ajratish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga kompensatsiya toʻlovlarini toʻlab berish;
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi doirasida ixtiyoriy sertifikatlash, shuningdek, sertifikatlash uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimining xavfsiz obyektlari reyestrini yuritish;
b) bir oy muddatda turizm hududlariga transport vositalari bilan kirish uchun yigʻim undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni yigʻimni undirishning aniq mexanizmlari va miqdorlarini, shuningdek, yigʻimni tegishli turistik zona Direksiyasiga yoʻnaltirishni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
v) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga quyidagi takliflarni kiritsin:
ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun davlat boji miqdorini oshirish;
ov qurolini va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek, tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdorini oshirish.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
koronavirus pandemiyasining turizm sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishini inobatga olgan holda va xavfsiz turizmni tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratib, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga umumiy belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritsin;
kelajakda inqiroz holatlarini prognoz qilish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqish uchun, shuningdek, ularning mamlakat turizm sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha oldini olish choralarini amalga oshirish maqsadida har oyda yuzaga kelgan pandemiya bilan bogʻliq vaziyatni kompleks tahlil qilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.