Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlari fanidan


Auditning umumqabul qilingan pog`onalari quyidagilar



Yüklə 256 Kb.
səhifə8/9
tarix20.09.2023
ölçüsü256 Kb.
#145374
1   2   3   4   5   6   7   8   9
18. Buxgalteriya hisobida axborot komplekslarida qo‘llaniladigan dasturiy

Auditning umumqabul qilingan pog`onalari quyidagilar:
-rejalashtirish;
-hisob tizimlari va ichki nazorat tizimlarini baholash;
-moliyaviy hisobotlarni tekshirish;
- auditorlik guvoxnoma (xulosa)sini olish.
Bu pog`onalarning har biriga mos keluvchi standartlar ishlab chiqilgan bo’lib, ular uch guruxga bo’linadi:

  1. umumiy standartlar;

  2. auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish bo’yicha standartlar;

  3. hisobotlar tuzish bo’yicha standartlar.

Auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish tizimi quyidagi komponentlardan tuzilishi lozim:

  1. Audit jarayonini gavdalantirish uchun iqtisodiy – matematik, iqtisodiy – tashqiliy va axborotlashtirilgan modellar;

  2. modellarni amalga oshirishni ta’minlash uchun texnik, dasturiy, axborotlashtirilgan va boshqa vositalar.

Shu tasavvurlardan kelib chiqqan holda kompyuter tizimi funktsional va ta’minlovchi qismlardan tashqil topishini aytish mumkin. Funktsional qism uslubiyatlar, auditni bajarish usul va xollari majmuidan tashqil topadi hamda ular axborotlashgan va matematik modellar, standartlar, normalar va x.k.larda ta’minlanadi.
Ta’minlovchi qism esa audit funktsiyalarini amalga oshirish uchun mo’ljallangan bo’lib, u axborotlashgan, dasturiy, texnik va boshqa ta’minotlardan tashqil topishi kerak.
Auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish tizimini qurishning tashqiliy formalari erishiladigan maqsadlarga bogliq, chunki auditorlik masalalarining klassifikatsiyasidan ko’rinadiki, barcha tizimlar ikki sinfga bo’linishi mumkin:
1) tashqi audit auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish uchun tizimlar;
2) ichki auditni kompyuterlashtirish tizimi.
Axborotlashgan bazani tashqil qilish usullariga bog’liq holda bu sinflarni kompyuterlashtirish turli xil formalarda bo’lishi mumkin.
Axborotlashgan baza quyidagi ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin:

  • lokal fayllar yig’indisi – bir turdagi hisobot hujjatlari va ishlab chiqilgan standart vositalarning operatsion tizim va amaliy dasturda ifodalanishi;

  • ma’lumotlar bazasi, maxsus kriteriy va MBBT ishlab chiqilgan dasturlarga asoslangan birldamchi hujjatlarda ifodalanishi; qoidalar bazasi, ekspert – auditorni qoidalar va mantiqiy dasturlash vositaoari yordamida ishlab chiqarilgan bilimlarni ifodalanishi.


Yüklə 256 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin