Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


Bank tizimining dasturiy ta’minoti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə79/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

2. Bank tizimining dasturiy ta’minoti
Avtomatlashtirilgan bank tizimi (ABT) — bu yangi axborot texnologiyalarini keng qo‘llash asosida bankni tashkillashtirib boshqarish shakli.
Hozirgi vaqtda ABT bank ichi kundalik operatsiyalari, buxgalteriyani yuritish va jamlanma hisobotlar, filiallar va boshqa shahardagi bo‘limlar bilan aloqalar, mijozlar bilan o‘zaro munosabat (Bank-mijoz tizimlari); bank faoliyatini tahlil qilish va optimallashgan qarorlarni tanlash; bankomat va plastik kartochkalardan foydalanishga bog‘liq chakana opreatsiyalar; banklararo hisob-kitoblar; qimmatbaho qog‘ozlar bozorida bank ishi; axborot xizmatlarini o‘z ichiga olib bank faoliyatini deyarli har tomonlama egallab olgan.
Zamonaviy ABTga nafaqat bank foydalanuvchilari tomonidan, balki davlat va nazorat organlari tomonidan ham o‘ta qat’iy talablar qo‘yiladi. ABTni ishlab chiqaruvchilar dinamik jihatdan o‘z mahsulotini bank biznesini yuritish uchun taqdim etilgan o‘zgaruvchan normativlar va hisobot talablari ostida qurishlari shart. ABTga qo‘yilgan asosiy talablar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin!
Funksional mukammalllik — ABTning asosiy xususiyatlaridan biri. Murakkab ABT o‘n minglab turli avtomatlashgan funksiyalar va bank operatsiyalarini saqlashi mumkin. Funksional mukammallik talabi topshirilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan dastur mahsulotlarida barcha dastur komponentlarini kiritish nuqtai nazaridan tavsiflaydi va tizim imkoniyati bankning axborot talablariga bank faoliyatining barcha shakllarini egallab to‘liq mos keladi. O‘zlashtirilgan (ishlab chiqilgan) ABTni avtomatlashtirish shart bo‘lgan funksiyalar ro‘yxatini shakllantirishda nafaqat bugungi kun talabidan kelib chiqib, balki ABT ega bo‘lgan strategiyani tartibga solish vaziyatiga tushib qolmaslik uchun bank rivojlanish strategiyasi doirasigi perspektivaga ham e’tibor qaratish lozim.
Kompleks yondashuv. Faqat bank faoliyatining turli sohalarini integratsiyalovchi kompleks bank axborot tizimi to‘liq avtomatlashtirishga va moliya muassasalarining biznes jarayonlarini bir butunga birlashtirishga qodir. Birja savdolari va hokazolarda ishtirok etishda mijozlar bilan ishlashda bank faoliyatining ichki xo‘jaligi bog‘liq bo‘lishi shart.
Tizimni masshtabliligi (kengaytirish)— bu tizimning taqdim etilgan talablarni kengaytirishga moslashish va hal etiladigan vazifalar hajmining oshishiga, aniqrog‘i, xizmat ko‘rsatadigan, avtomatlashgan ish o‘rinlari va qayta ishlangan hujjatlar sonining o‘sish, shuningdek, tizimga hisoblash resurslari va hokazolarni qo‘shishda taqdim etilgan funksional tavsiflarga mos kelish imkoniyatlaridir.
Tizimning sozlanganligi bu uning mobilliligi, dinamikligi, o‘zgaruvchanligidir. Sozlanganlik u yoki bu muhim parametrlar qa’tiy buyurilmagan va talab hamda aniq bank o‘ziga xosligiga moslashgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi.
Tizimni markazlashtirib boshqarish. Bank ishlari texnologiyalariga mos ravishda ishlarining texnologiyasini sozlash ARMning oxirgi foydalanuvchisti bilan emas, balki qaysidir bir maxsus modul bilan amalga oshirilgan. Barcha asosiy sozlash mexanizmlarini bankning malakali texnologi bajarishi mumkin va bank xodimlari ishga dastur bilan yondashishlari mumkin. ABT o‘xshash arxitektura bilan maksimal tezlik va sifat bilan ekspluatatsiyaga tayyorlashi mumkin. Bundan tashqari, istalgan operatsiyani bajarish sharoitini tezkor o‘zgartirish imkoniyati taqdim etiladi, bu esa yangi bank mahsulotlarini yaratishda nihoyatda pozitiv daqiqa hisoblanadi.
Ma’lumotlarning yagona bazasi ko‘p foydalanuvchilar ishini ta’minlaydi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazasidan foydalanish sanoat SUBD (MS SQL Server, Oracle, Informix, DB2) asosida tavsiya etiladi. Ko‘rsatilgan SUBD tranzaksion mexanizm, kirishni chegaralash vositasi, tarmoq butunligini qo‘llab quvvatlash vositasi va ma’lumotlarning qarama-qarshi emasligini o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazasini qo‘llash ma’lumotlar xavsizligining zaruriy darajasini ta’minlashga imkon beradi, bank dasturchisi esa ilovalarning mazmundor qismini optimallashtirishga imkon beradi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin