Robototexnika sohasi. Ma`lumki, "robot" so`zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan bo`lib, "qul" degan ma`noni bildiradi. Birinchi bor bu so`zni oltmish yil oldin taniqli Chex fantast yozuvchisi Karl Chepek ishlatgan. Ammo "mexanik odamlar" undan oldinroq ham ma`lum edi. O`rta asrlarda inson iste`dodlariga ega bo`lgan musiqachi qo`g`irchoq yoki rassom-qo`g`irchoqlar paydo bo`lganligi ma`lum. Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og`ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo`ldi. Ular garchi odam qiyofasida bo`lmasa-da, ko`plab funksiyalarni bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto O`zbekiston - Koreya qo`shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo`llanilmoqda. Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po`lat quyish sexlarida, kimyoviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo`llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug`ullanadigan texnikaning maxsus shahobchasi-robototexnika paydo bo`ldi. Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar - o`ta sezgir va kuchli mexanik qo`ldir. Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya`ni kompyuter robotning "miyasi"dir, ular telekameralar orqali "ko`rib", mikrofonlar yordamida "eshitadilar", ya`ni axborot qabul qiladilar. Maxsus vositalar "sezgi" organi vazifasini o`taydi.
Marketing sohasi.Marketing inglizcha "market" (bozor) so`zidan olingan bo`lib, bozor, savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi. Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o`rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga ta`sir ko`rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo`lgan talablarini shakllantirishdan iborat. Boshqa viloyat (tuman, shahar) dagi bozor narxlarini o`rganish. Marketing sohasini kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin, ayniqsa, qimatli qog`oz bozorini.