Kichik nashriyot tizimlari. Bu sinf dasturlarining vazifasi poligrafiya nashrlarini terish jarayonini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Bu sinf dasturlari, matn redaktorlari va avtomatlashgan loyihalash tizimlari orasidagi o’rinni egallaydi.
Ekspert tizimlari. Bu tizimlar, bilimlar bazalaridagi ma’lumotlarni taxlil qilish va ular asosida, foydalanuvchi so’rovnomasi bo’yicha tavsiyalar berishga mo’ljallangan.
Bunday tizimlar, yechim qabul qilish uchun keng ko’lamda maxsus bilimlar talab qilingan hollarda qo’llaniladi. Bunday tizimlar qo’llaniladigan asosiy sohalar xuquqshunoslik, medisina, farmakologiya va boshqalardir. Medisina ekspert tizimlari, kasallik belgilari bo’yicha tashxis (diagnoz) qo’yish, dori-darmon tayinlash va davolash kursini rejasini aniqlashga yordam beradi. Xuquqshunoslikda esa, hodisa belgilari bo’yicha, ayblovchi va himoya qiluvchi tomonlari uchun choralar belgilash tartibi va xukm qabul qilishda yordam beradi.
Ekspert tizimlarining o’ziga xos xususiyati ularning o’zini sifatini oshirish va rivojlantirish xususiyatidir. Boshlang’ich ma’lumotlar, bilimlar bazasida faktlar ko’rinishida saqlanadi, ekspert mutaxassislar tomonidan ular orasida munosabatlarning ma’lum tizimi o’rnatiladi. Va shundan so’ng, ekspert tizimi u yoki bu savollar bo’yicha maslaxat va tavsiyalar beradi.
HTML (Web) redaktorlar. Bu o’zida, matn va grafik redaktorlari xossalarini birlashtiruvchi redaktorlar sinfidir. Ular Web-xujjatlarni tayyorlashga mo’ljallangandir.Web xujjatlar deb, ularni tayyorlashda, internetda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan qator xususiyatlar hisobga olingan elektron xujjatlarga aytiladi.
Nazariy jixatdan Web-xujjatlarni yaratish uchun oddiy matn redaktori va prosessorlaridan, va shu bilan birga vektorli grafik redaktorlarning bazilaridan ham foydalanish mumkin. Ammo Web-redaktorlar Web-dizaynerlarning ish unumdorligini oshirishning qator xususiyatlariga ega. Shuning uchun ham,bu sinf dasturlaridan elektron xujjatlar va multimedia nashrlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.