DAVLAT BYUDJETI - davlat tomonidan o'z funksiyalarini
amalga oshirish uchun sarflanadigan markazlashtirilgan pul fondidir.
DAVLAT QARZI - davlatning o'z fuqarolari, korxona va
tashkilotlar, shuningdek xorij mamlakatlaridan qarzi. Manbaiga qarab
ichki va tashqi DQ ga bo'linadi.
DEBITOR - (lat.debitor-qarzdor)- biror idora, tashkilot va shu
kabilardan qarzdor bo'lgan shaxs yoki tashkilot.
DEBITORLIK QARZI - korxona, tashkilotlarning jo'natgan
tovari uchun olinishi kerak bo'lgan haqi yoki hali olinmagan tovar uchun
to'langan pul.
DEVALVASIYA - (lat.de-old qo'shimcha, bu o'rinda pasaymoq
ma'nosida va lat. Valeo- qiymat)- mamlakat savdo to'lov balansining
keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi, xalqaro
valyuta bozorida milliy valyuta kursining pasayishi bilan bog'liq holda
milliy pul birligi qiymatining rasmiy ravishda pasaytirilishi.
Dostları ilə paylaş: |