nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy
qilish bilan shug'ullanadi. Shuning uchun u «banklar banki» deb nom
oldindan baholash orqali tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil
etish, eng yuqori foyda olishni ta'minlash. Maxsus M. Dasturlari orqali
xaridorlarni qoniqtiradigan tovar va xizmatlarni yetkazib berish kabi
chora-tadbirlar qo'llaniladi.
MENEJMENT - (inlizcha management) u yoki bu faoliyat turini
tashkil etish va rahbarlik qilishni, iqtisodiy, moliyani va boshqa inson
hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi.
MENEJER - yollanma professional boshqaruvchi; aktiv faoliyat
bilan shug'ullanuvchi odam.
MEHNAT - bu insonning biror bir maqsadga qaratilgan ongli
faoliyat bo'lib, u orqali inson o'zining ehtiyojlarini qondirish uchun tabiat
in'omlarini o'zgartiradi. Inson mehnati ikki ёqlama xarakterga ega: a)
KONKRET MEHNAT- tovarning iste'mol qiymatini yaratadigan, biron
bir aniq ko'rinishga ega bo'lgan mehnat turi tushuniladi.b) ABSTRAKT
MEHNAT- tovar qiymatini yaratadi. «Abstrakt» (so'zi o'zbek tilida
«mavhum» degan ma'noni bildiradi). Mehnat aniq shaklidan qat'iy nazar
umuman sarflangan ish kuchidir, jami ijtimoiy mehnat sarfidan iborat
bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: