AGENTLIK OPERASIYALARI - bir tomonning topshirig'i bilan
kelishilgan hududda ikkinchi (agent) tomon amalga oshiradigan oldi-
sotdi bilan bog'liq bo'lgan amaliy va huquqiy harakatlar.
AJIOTAJ TALAB - bozordagi shov-shuv va vahima ta'siri ostida
sun'iy paydo bo'ladigan hamda shiddat bilan ortib boradigan talab. AT
odatdagi normal holatga nisbatan ortiq talab hisoblanadi. Bunday talab bir
tomondan, aholi orasida mish-mishlar tarqatish va reklama vositasida
muayyan tovarlarga o'ta ortiqcha baho berish orqali iste'molchi
psixologiyasiga ta'sir etish yo'li bilan, ikkinchi tomondan tovarlarga
bo'lgan g'oyat katta qiziqish, qimmatchilik, qaxatchilik, har xil shov-
shuvlar ta'sirida puldan tezroq qutulish va tovar zahirasini ko'paytirishga
intilish oqibatida yuzaga keladi.
AKKREDITIV - (lat. accredo-ishonaman)- bank yoki omonot
banklarining biror shaxs yoki tashkilotga ma'lum miqdordagi mablag'ni
berish haqida boshqa bank yoki kassaga yuborgan buyruq qog'ozi,
masalan, jamg'armalar bankiga qo'yilgan pulni istalgan omonat bankidan
olish uchun berilgan hujjat.
AKSIZ - keng iste'mol mollari (qand, gugurt, tuz, tamaki va h.k.)
ga solinadigan qo'shimcha ustama
soliq.
Mahsulotga
yoki
ko'rsatilayotgan xizmat (kommunal, transport va boshqa turdagi
xizmatlar) narxi ustiga qo'yiladi.
Dostları ilə paylaş: |