Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning xorijiy mamlakatlar tajribasi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.06.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#132598
  1   2   3
Pulatov Jahongir Shuxratjon o\'g\'li



Международный научный журнал № 2 (100), часть 2 
«Научный импульс» сентябр, 2022
757 
IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING XORIJIY 
MAMLAKATLAR TAJRIBASI 
Pulatov Jahongir Shuxratjon o'g'li
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2-bosqich talabasi 
Sharipova Umida Adxamovna
O’qituvchi Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent 
Annontatsiya;Ushbu maqolada iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning 
xorijiy mamlakatlar tajribasi to’g’risida fikr yuritilgan. 
Kalit so’zlar;Iqtisodiyot,tartib,rivojshlanish,ta’minlash,maqsad,ijtimoiy,poydevor. 
 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini 
qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada
samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga 
yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha davlaatning 
faoliyati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi – iqtisodiy va
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro
maydonda mustahkamlash hamda uni oz’garib turuvchi sharoitga moslashtirish 
hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiy vazifalari - bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon 
tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta;minlash; Raqobatni himoya qilish; 
Daromad va boylikni qayta taqsimlash; Resurslarni qayta taqsimlash; Iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari – bevosita 
ta’sir qilish usullari; bilvosita ta’sir qilish usullari; tashqi iqtisodiy usullar.
Bevosita usullar – yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida
tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri, ma’muriy tartibga solish. Masalan, iqtisodiyotning ayrim
bo’g’inlari transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa 
sohalarni bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini “muzlatib” qo’yish siyosati; ish
bilan bandlik xizmati faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni lo’zda 
tutuvchi qonunlarni ishlab chiqarish va qabul qilish.
Bilvosita usullar – bunda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning 
pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy
vositalari quyidagilardan iborat: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit
muassasalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o’rnatish va
o’zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operasiyalari.
Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda
olgan daromadlari miqdori. Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt
oralig’ida olingan daromadlarning pul ko’rinishidagi miqdori hisoblanadi.Real daromad –


Международный научный журнал № 2 (100), часть 2 
«Научный импульс» сентябр, 2022
758 
narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan daromadga sotib
olish mumkin bo’lgan tovar va hizmatlar miqdorini ko’rsatadi, ya’ni daromadning xarid 
quvvatini bildiradi. Daromadlar tengsizligi – aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha 
daromadlar darajasi bir-biridan farqlanishini bildiradi. Lorents egri chizig’i – daromadlar 
tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni xarakterlaydi.
Djini koeffitsienti – yalpi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini
tavsiflash uchun qo’llaniladi. Oila byudjeti – bitta oilaning ma’lum davr uchun barcha 
daromadlari va harajatlari tarkibi. Ijtimoiy siyosat – davlatning daromadlar taqsimotidagi 
tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan 
siyosat. Ijtimoiy himoya – mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini 
taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar 
majmui;
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu
narxlarni erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati
bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.
Tartibga solish o’z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo’yadi? Iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi. Ko‘plab iqtisodchilar 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini faqat bozorning 
kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holati bilan 
izohlaydilar. 
Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi o’ziga xos ahamiyat kasb etib, har 
biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga turli iqtisodiy tizimlar bir-biridan iqtisodiyotni 
boshqarish va tartibga solishda davlat va bozor rolining nisbati bo’yicha kеskin farqlanadi. 
Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi 
bozor mеxanizmi orqali tartiblashga ustunlik bеradi. Mustaqil taraqqiyot davrida 
«mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va kеskin 
vaziyatlardan chiqish, ular tug’diradigan muammolarni hal etish zarur bo’lganda 
iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo’llandi va bunday yondashuv oxir-
oqibatda o’zini to’la oqladi» 
Iqtisodiyotni tartiblashda bozor mеxanizmining roli 5-bobda ko’rib chiqilgan edi. Bu 
bobda bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning rolini ochib bеrishga harakat 
qilinadi. 
Dastlab davlatning milliy iqtisodiyotdagi roli tahlil qilinib, kеyin uning iqtisodiy 
vazifalari tavsifi bеriladi. Bobning so’ngida davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usul va 
vositalari bayon etiladi. 
23.1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagiroli haqidagi nazariya va 
qarashlar 
Milliy iqtisodiyotning samaradorligiga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, uning 
darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq. 


Международный научный журнал № 2 (100), часть 2 
«Научный импульс» сентябр, 2022
759 
Chunki milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga asosan quyidagi yo’llar orqali 
erishiladi: 
1) iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo’llash; 
2) iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarish; 
3) takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor usullarini 
uyg’unlashtirish. Hozirgi davrda O’zbеkistonning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’proq 
uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi. 
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga 
solishning jahon tajribasi 
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish siyosati mavjud mablag`lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, 
turli xil risklarni, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali 
joylashtirishga va shu yo`l bilan respublika iqtisodiyotini ko`tarishga, uning jahon iqtisodiy 
tizimiga qo`shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini a rag`batlantirish yo`li bilan 
investitsiyalarni, ko`proq, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan 
samarali foydalanishga qaratilgan. 
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud, 
ya`ni: 
Ulushi qo`shilib qatnashishi orqali qo`shimcha korxonalarni tashkil etish; 100% mol - 
mulk xorijiy investorlarga tegishli bo`lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish; yirik xorijiy 
kompaniya va firmalarning shu`ba korxonalari va filiallarini tashkil etish; kontsessiya va 
lizing shartnomalari tuzish; tenderlar e`lon qilish; erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish; 
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish. 
Qo`shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng 
tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo`shma korxonalarni tashkil etishdir. O`zbekiston 
Respublikasida qo`shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy 
investorlarga tegishli bo`lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo`lgan, nizom 
kapitalining eng kam mikdori 150000 AQSH dollariga teng bo`lgan ekvivalent summani 
tashkil etgan korxonalarga aytiladi.12 Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom 
jamg`armasining 150000 AQSH dollaridan kam • bo`lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi - 
sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug`ullanishga ixtisoslashgan kichik 
qo`shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida 
belgilangan. 
Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi 
kunda kengayib bormoqtsa. O`zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar 
iqtisodiyotning turli soxalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar 
o`z mol - mulklari bir qismini ajratib, shu`ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu`ba 
korxonalarga ham qo`shma korxonalarga qo`yilgan talablar belgilangan.Ikki yoki uchdan 
ortiq davlat yoki korxonalar o`z kapitallarini jamlagan holda halqaro tashkilotlar tashkil 


Международный научный журнал № 2 (100), часть 2 
«Научный импульс» сентябр, 2022
760 
etishi mumkin.Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni 
qazib olish va o`zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir. 
Lizing shartnomasi esa chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni, texnika - 
texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olish. Tenderlar esa tanlov asosida investorlarning 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir. erkin iqtisodiy hudud - bu ma`lum 
hududda chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar 
belgilangan hududdir. O`zbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiyot hududlar 
to`g`risida"gi Qonunida erkin iqtisodiy hududga quyidagicha ta`rif berilgan: "Erkin iqtisodiy 
hududlar - mintaqani jadal ijtimoiy — iqtisodiy rivojlantirrish uchun mamlakat va chet el 
kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, 
aniq belgilangan ma`muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo`lgan maxsus 
ajratilgan hududdir". erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish jarayonida davlat qo`llab - 
quvvatlovchi, rag`batlantiruvchi hamda nazorat qiluvchi sifatida bosh islohotchi bo`lishi 
lozim. 
Davlatning bosh iclohotchi sifatida qatnashishi xorijiy mamalakatalar tajribasida aniq 
namoyon bo`ladi, masalan, Xitoy hukumati 1 dollar chet el inveestitsiyalarni jalb etish 
uchun 4 dollar o`z mablag`larini safarbar etgan. Natijada, milliy va asosan, xorijiy 
investorlar hududlarga investitsiyalar kirita boshlagan, bu esa o`z navbatida, mamlakat 
iqtisodiyotini rivoji uchun poydevor bo`lib xizmat qildi. Rossiyada yaratilgan erkin iqtisodiy 
hududlarga Naxodka, Kaliningrad viloyati, Sankt - Peterburg shahari va boshqalar kiradi. 
Qozog`istondagi birinchi erkin iqtisodiy hududlar 1991 yilda paydo bo`lgan. Bular: 
Jezqozg`on viloyatdagi Jayren - Atasu, Kostanay viloyatdagi Lisakov va Olmaota shahardagi 
"Otakent" erkin iqtisodiy hududlaridir. 
Moliyaviy aktivlar - bu qimmatli qog`ozlar bo`lib, u chet el kapitalini jalb etish, chet el 
kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish uchun emissiya qilinadi. 
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol jalb etish uchun, 
nafaqat, hududlar balki, tarmoqlarda, shuningdek, investitsiya faoliyatining sub`ekti va 
ob`ektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. 
Bunda, asosan, chet el investitsiyasini iqtisodiyot sohalari bo`yicha mutanosib jalb 
etishning kompleks dasturini ishlab chiqish va unda tarmoqlarni, asosan, 3 guruhga, ya`ni 
ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va ijtimoiy sohalarga bo`lib, investitsiyani ustuvor 
darajada real sektorga yo`naltirib, so`ng qolgan sohalarni rivojlantirishga hamda iqtisodiyot 
rivojlanishi va zaruriyatidan kelib chiqib, xizmat ko`rsatish va ijtimoiy sohalarga ham jalb 
etilsa, maqsadga muvofiq bo`lur edi. 
Rivojlangan mamlakatlar xalqaro kapital harakatini, asosan, kapital eksporti-importini 
milliy va xalqaro darajada ragbatlantirish orqali amalga oshiradilar. Kapitalning qarzlar, 
portfel’ investitsiyalar va boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning 
harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash maqsadida olib boriladi. Barcha xorijiy 
investitsiyalargarga nisbatan davlat har qanday cheklashlarni amalga oshirish huquqini o`z 


Международный научный журнал № 2 (100), часть 2 
«Научный импульс» сентябр, 2022
761 
zimmasida qoldiradi, chunki bu milliy iqtisodiy havfsizlik bilan bog`liq. SHunisi harakterliki, 
kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi. 
Davlat tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi: 
1)moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar 
berish; kreditlarni sug`urtalash va kafolatlash; 
2) nomoliyaviy: er uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta`minlash; texnik 
yordam ko`rsatish. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin