IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH SHAROITIDA ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH YO`LLARI
Bajardi: 53-15guruh talabasi ABDUVAITOV DAVRON
Tekshirdi: Fan o’qituvchisi MAMAJONOVA SAIDA
REJA:
Ishsizlik haqida tushuncha Ishsizlikni kamaytirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Aholini ishsizlikdan himoya qilish borasida davlat tadbirlari
Ishsizlik deganda – ishchi kuchining ish joyi bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biror bir qonuniy daromad manbaiga ega bo‘lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Ishsizlik haqida tushuncha Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarishning mehnat kabi resursidan to‘liq va oqilona foydalanish va shu munosabat bilan ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ishsizlikni kamaytirish borasida qizg‘in faoliyat olib borish davlatning nihoyat darajada muhim vazifalaridandir. Ushbu muammoni hal etishda ikki asosiy bosh yo‘nalishga ajratish mumkin: Birinchisini sub’ektiv yo‘nalish deb nomlash mumkin. U insonni mehnat faoliyatiga shunday tayyorlashni tashkil etishdan iborat bo‘ladiki, bunda inson ishlab chiqarish shart-sharoitlari, texnik baza o‘zgarishlari munosabati bilan muvaffaqiyatli ravishda mehnat faoliyat olib borish uchun etarli darajada tez qayta tayyorgarlikdan o‘tib, yangi bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar orttira oladi. . Ikkinchidan Davlat iste’mol va investitsiya tusidagi tovar va xizmatlarga bo‘ladigan talabni rag‘batlantirib, shu asosda mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratib borishi, iqtisodiyotning xususiy tarmog‘ini va ushbu tarmog‘da yangi ish o‘rinlari ochilishini rag‘batlantirilishi lozim. Ишсизлик даражаси ишсизлар сонининг ишчи кучи таркибидаги фоизи сифатида ҳисобланади. Ishsizlik tabiiy darajasiga erishishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo`lgan chora tadbirlar: 1
Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bu esa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning miqyosini oshirishga qaratilgan bo‘lishi darkor. Bunga esa, ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash, yangi noqishloq xo‘jaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar orqali erishish mumkin. Yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini ish bilan ta’minlash, turmush darajasini oshirishga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barcha bosqichlarida alohida e’tibor berilgani va bu yo‘nalishdagi vazifalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilganligi yurtimizda ishsizlik muammosini hal etishda va uning darajasi oshib ketishining oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Producted by DAVRON